Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 5 milliondan oshib ketdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishLechenie bolnix COVID-19 v GKB №40
Lechenie bolnix COVID-19 v GKB №40 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 23-may — Sputnik.O‘tgan kun davomida Rossiyaga yana 8951 kishi koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Mamlakatda qayd etilgan COVID-19 holatlari 5 001 505 taga yetdi. Bu haqda mamlakat tezkor shtabi xabar qilmoqda.
Kecha COVID-19 bilan kasallangan 357 kishi vafot etgan. Kasallikdan vafot etganlar soni 118 482 nafarni tashkil etmoqda.
Shuningdek, kecha mamlakatda 7297 nafarga kasalxonadan javob berilgan. Koviddan shifo topganlar soni 4 617 762 kishiga yetgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda pandemiya boshlangandan buyon koronavirus yuqtirib olganlar soni 167 milliondan oshgan. Shulardan 148 milliondan ziyod sog‘ayib ketgan. Qurbonlar soni 3,4 milliondan oshgan. Eng ko‘p kasallanganlar AQSh (33,8 mln), Hindiston (26,5 mln), Braziliya (16 mln) Fransiya (5,5 mln) va Turkiya (5,1 mln) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0