Hodisalar

Samarqand, Buxoro va Qoraqalpogʻistonda pora olmagan IIV xodimlari ragʻbatlantirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.05.2021
500 dollardan 5 ming dollarga taklif qilingan porani olmagan IIB xodimlari ragʻbatlantirildi. Ularning ota-onalariga tashakkurnoma va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
TOSHKENT, 23 may — Sputnik. Samarqand, Buxoro va Qoraqalpogʻistonda pora olmagan IIV xodimlari ragʻbatlantirildi.
Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabariga koʻra, pora tariqasida taklif etilgan 2 ming dollarni olmagan Samarqand IIO Faoliyatni muvofiqlashtirish boʻlimi xodimi, kapitan U.Sarimovga 15 mln soʻm miqdorida pul mukofoti berildi. Shuningdek, xodimning ota-onasiga tashakkurnoma va qimmatbaho sovgʻalar topshirilgan. Xodimga porani choʻntagidan 2,16 gramm ogʻirlikdagi marixuana aniqlangan fuqaro taklif qilgan.
Buxoro IIB matbuot xizmati bergan maʼlumotga koʻra, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimi 10 mln soʻm pul mukofoti bilan ragʻbatlantirilgan. Chunki u fuqaro taklif qilgan pora 500 dollarni olishdan bosh tortgan va bu haqda belgilangan tartibda xabar bergan.
Rabota vnevedomstvennoy oxranы moskovskoy politsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2021
Hodisalar
Hokim oʻrinbosari, soliq inspektsiyasi inspektorlari: mansabdorlar pora bilan ushlandi
Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik A.Utemuratovga pora olishdan bosh tortgani va bu haqda xabar bergani uchun pul mukofoti berilgan. Biroq mukofot tariqasida qancha pul berilgani ochiqlanmagan. Shuningdek, uning yaqin qarindoshiga tashakkurnoma va qimmatbaho sovgʻalar topshirilgan.
Podpolkovnik Utemuratovga fuqaro unga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini sudga yubormaslik evaziga 5 ming dollar pora taklif qilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 1000 dollar porani olmagan kadastr xodimiga 10 mln soʻm pul va sihatgohga 2 kishilik yoʻllanma berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala