Hodisalar

Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi hibsga olindi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoMujchina derjit naruchniki
Mujchina derjit naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.05.2021
Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi mutasaddilariga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
TOSHKENT, 23 may — Sputnik. Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining sobiq rahbari Komiljon Adilov qamoqqa olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi mansabdor va moddiy javobgar shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddalari (Mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi ochilgan. Nurafshon shahar prokuraturasi ish yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda.
Rabota vnevedomstvennoy oxranы moskovskoy politsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2021
Hodisalar
Hokim oʻrinbosari, soliq inspektsiyasi inspektorlari: mansabdorlar pora bilan ushlandi
Jinoyat ishi doirasida 21 may kuni viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻiga JKning 167-moddasi 2-qismi “a, v, g” bandlari bilan ayb eʼlon qilgan va unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining sobiq rahbari Komiljon Adilov qamoqqa olingani, bosh hisobchi esa qidiruvdaligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Xabarda yozilishicha, yaqinda boshqarmani KRU tekshirgan va umumiy hisobda 50 million soʻm kamomad chiqqan.
Komiljon Adilov 2019 yil dekabr oyida boshqarma boshligʻi etib tayinlangan edi. Joriy yilda ushbu boshqarma tugatilib, turizm va sport bitta tuzilma ostiga birlashtirilgan, umumiy rahbarlik viloyat hokimining oʻrinbosariga yuklatilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala