Jamiyat

Yosh shaxmatchiga prezident sovgʻasi topshirildi

© Press-slujba Minturizma i sportaYunыy shaxmatist Saidjon Salimjonov poluchil podarok ot prezidenta
Yunыy shaxmatist Saidjon Salimjonov poluchil podarok ot prezidenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.05.2021
TOSHKENT, 23 may — Sputnik. 10 yoshli fargʻonalik Saidjon Salimjonovga prezident sovgʻasi – eng zamonaviy shaxmat dasturlari jamlangan kompyuter sovgʻa qilindi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
14 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurib, bu yerda davolanayotgan bolalar bilan suhbatlashgan edi. Saidjon Salimjonov prezident bilan suhbatda oʻz qiziqishlari bilan oʻrtoqlashgan edi.
Shaxmatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.01.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston shaxmat bilan shugʻullanuvchilar sonini oshiradi: qanday choralar belgilandi
Saidjon ayni paytda Fargʻona shahridagi 28-sonli umumtaʼlim maktabining 3-"A" sinfi oʻquvchisi sanaladi. U darslardan boʻsh vaqtida shaxmat bilan shugʻullanib turadi va kelajakda professional shaxmatchi boʻlishni orzu qiladi. U Fargʻonada ochilgan Toshkent Xalqaro shaxmat akademiyasining filialida oʻz yosh toifasida tahsil olib kelmoqda. Murabbiyi Ravil Vinerovich rahbarligida bir qator musobaqalarda qatnashib, shahar va viloyat bosqichlarida gʻoliblikni ham qoʻlga kiritgan.

“Endi sevimli mashgʻulotim shaxmat bilan yanada jiddiy shugʻullanib, Osiyo va Jahon chempionatlarida Oʻzbekiston bayrogʻini baland koʻtarishga harakat qilaman”, - dedi Saidjon oʻz quvonchlarini yashira olmasdan.

Hozirda Saidjon yuqoridagi tibbiyot markazida davolanmoqda. Shifokorlar unga jigar xavfli oʻsmasi tashxisini qoʻygan.
Markazda davolanayotganlar orasida shaxmatga qiziqadigan bolalar koʻpchilikni tashkil qiladi. Shuni inobatga olgan holda Turizm va sport vazirligi nomidan vazir oʻrinbosari Avazjon Karimov bu yerda davolanayotgan boshqa bemorlarga ham shaxmat anjomlarini tarqatdi.
© Press-slujba Minturizma i sportaYunыy shaxmatist Saidjon Salimjonov poluchil podarok ot prezidenta
Yunыy shaxmatist Saidjon Salimjonov poluchil podarok ot prezidenta - Sputnik Oʻzbekiston
1/3
Yunыy shaxmatist Saidjon Salimjonov poluchil podarok ot prezidenta
© Press-slujba Minturizma i sportaYunыy shaxmatist Saidjon Salimjonov poluchil podarok ot prezidenta
Yunыy shaxmatist Saidjon Salimjonov poluchil podarok ot prezidenta - Sputnik Oʻzbekiston
2/3
Yunыy shaxmatist Saidjon Salimjonov poluchil podarok ot prezidenta
3/3
1/3
Yunыy shaxmatist Saidjon Salimjonov poluchil podarok ot prezidenta
2/3
Yunыy shaxmatist Saidjon Salimjonov poluchil podarok ot prezidenta
3/3
15 may kuni Saidjonga prezident nomidan professional shaxmat doskasi sovgʻa qilingan, shuningdek, shaxmat boʻyicha murabbiy ham biriktirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala