Jamiyat

Abdulla Aripov 60 yoshga toʻldi

© Sputnik / Yekaterina ShtukinaPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Abdulla Aripov yubiley arafasida "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlandi.
TOSHKENT, 24 may - Sputnik. Bugun 24 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Nigmatovich Aripov 60 yoshga toʻldi, deb xabar qilmoqda OʻzA.
Yubiley arafasida Abdulla Aripov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlandi.
Mukofot izohida - davlat idoralaridagi koʻp yillik fidokorona mehnati, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash va iqtisodiy qudratini yuksaltirish, muhim strategik loyihalarni hayotga tatbiq qilish borasidagi ulkan xizmatlari, ibratli faoliyati hamda tavalludining 60 yilligi munosabati bilan - deyilgan.
Abdulla Nematovich Aripov 1961 yilda tugʻilgan. Aloqa va kommunikatsiyalar sohasi mutaxassisi. 2005 - 2009 yillarda Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligini boshqargan. Bir vaqtning oʻzida 2002 - 2012 yillarda bosh vazir oʻrinbosari (axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar kompleksi boʻyicha) lavozimida ishlab kelgan. 2016 yilning dekabr oyidan boshlab bosh vazir lavozimida faoliyatini davom ettirgan. 2020 yilning 21 yanvar kuni - ushbu lavozimga qayta tasdiqlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala