Dunyoda

Insoniyat kelajakda yanada xavfli virusga duch kelishga tayyor boʻlishi kerak - BSST

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishMyunxenskaya konferentsiya po bezopasnosti
Myunxenskaya konferentsiya po bezopasnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Insoniyat kelajakda duch keladigan yangi virus koronavirusga qaraganda yuqumliroq va yanada qirgʻinbarot boʻladi.
TOSHKENT, 24 may – Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori dunyoda koronavirusdan koʻra xavfliroq virus paydo boʻlishi mumkinligini va uni insoniyat faqat birgalikda yengishi mumkinligini bashorat qildi.
Bu haqida Tedros Adanom Gebreyesus Jenevada boʻlib oʻtgan Umumjahon Sogʻliqni saqlash assambleyasi majlisida xabar qildi.
“Dunyo pandemiya xavfiga birinchi marotaba duch kelayotgani yoʻq. Evolyutsion prognozlarga koʻra, yangi virus paydo boʻladi va u koronavirusga qaraganda yanada yuqumliroq yanada qirgʻinbarot boʻladi”, - dedi Gebreyesus Jenevada.
"Dunyoda pandemiya kuchayib ketishiga eng asosiy sabablardan biri – xalqaro hamkorlikning va maʼlumot almashish, bir-biriga resurs va texnologiyalar berish istagining yoʻqligidir. Agar insoniyat eski yoʻlda borishda davom etsa, biz yana pandemiyaga tayyor boʻlmagan, xavfli va adolatsiz dunyoga kelamiz. Dunyoda tinchlikni saqlab qolish, yetakchilikni va barcha davlatlar ishtirokini talab qiladi”, deb taʼkidladi Gebreyesus.
JSST Umumjahon sogʻliqni saqlash assambleyasining 74-sessiyasi 24 may – 1 iyun kunalrida boʻlib oʻtadi. Majlisda asosiy eʼtibor pandemiyaga qarshi qurash va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan boʻladi. Forum onlayn koʻrinishda 194 davlatlar ishtirokida boʻlib oʻtmoqda.
Maʼlumot uchun 23 may holatiga butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 166 346 635 kishini tashkil qilmoqda, ulardan 3 449 117 vafot etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala