Jamiyat

Koronavirus Oʻzbekistonda: kunlik holatlar 200 dan ortiq

© AFP 2018 / TIZIANA FABIVrach v bolnitse
Vrach v bolnitse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Oʻzbekistonda sutka davomida 206 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 98 657 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Sutka davomida 206 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 98 657 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpogʻiston Respublikasida (12), Andijon viloyatida (6), Buxoro viloyatida (4), Jizzax viloyatida (4), Qashqadaryo viloyatida (1), Navoiy viloyatida (2), Namangan viloyatida (2), Samarqand viloyatida (25), Sirdaryo viloyatida (4), Fargʻona viloyatida (8), Toshkent viloyatida (42), Toshkent shahrida (96) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Vremennыy gospital COVID-19 na VDNX - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.05.2021
Jamiyat
Kovid: 2 kishi vafot etdi, kasallanganlar soni 98 mingdan oshdi

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 94 143 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 95 foiz.
Ayni paytda 3 834 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Oʻzbekistonda jami 680 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 167,2 milliondan oshdi, 3,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (33,1 mln), Hindistonda (26,8 mln), Braziliyada (16,0 mln).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala