Jamiyat

Maktablarda “Soʻnggi qoʻngʻiroq”ni oʻtkazishga ruxsat berildi

Posledniy zvonok  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilda“Soʻnggi qoʻngʻiroq”ni karantin qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazishga ruxsat berildi.
TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Xalq taʼlimi vazirligi 25 may kuni barcha maktablarda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishga ruxsat berdi.
Maʼlum qilinishicha, tadbir karantin qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazilishi kerak. Joriy yilda 438 mingga yaqin bitiruvchilar maktab bilan xayrlashishadi.
Vazirlik tadbirlarni ortiqcha xarajatlarsiz va turli xil alohida kiyim-kechak, bezak, sovgʻalar va shu kabilarga katta mablagʻ sarflamasdan oʻtkazishni soʻragan.
Sotrudniki Natsgvardii Uzbekistana speli pesnyu o Poslednem zvonke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2020
Video
Milliy gvardiya xodimlari “Xayr, maktabim” qoʻshigʻini juda taʼsirli ijro etishdi – video
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston maktablarida yakuniy imtihonlar 26 maydan boshlanishi xabar qilingan edi. Joriy yilda barcha umumtaʼlim maktablarida bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlari oʻtkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala