Hodisalar

Mudhish YTH: Angrenda 7ta avtomobil toʻqnashdi – 5 kishi vafot etdi

© Fotolia / Jan H. AndersenMertvыy chelovek na asfalte
Mertvыy chelovek na asfalte - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
“Lasetti”, “Kobalt”, “Jentra”, “Neksiya-3”, “Matiz”, “Neksiya-3” va “Lasetti” rusumli avtomobillari toʻqnashdi.
TOSHKENT, 24 may — Sputnik. 24 may kuni soat 09:30larda Angren shahridan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 184 km.da “Namangan-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan “MAN” rusumli tirkamali yuk avtomobili boshqaruvini yoʻqotib, agʻdarilib, oʻzidan oldinda temir yoʻl kesishmasiga yetmay toʻxtagan.
FVV matbuot xizmati xabar qilishicha, natijada “Lasetti”, “Kobalt”, “Jentra”, “Neksiya-3”, “Matiz”, “Neksiya-3” va “Lasetti” rusumli avtomobillari bilan toʻqnashib, YTH sodir boʻldi.
Pojarnыe tushat goryaщiy avtomobil - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.05.2021
Hodisalar
Qashqadaryoda "NEXIA”ning gaz balloni portladi – qurbonlar bor
Toʻqnashuv natijasida “Lasetti” rusumli avtomobili yongan.
YTH oqibatida 5 nafar fuqaro voqea joyida vafot etdi, 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati oldi, fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
Tan jarohati olgan fuqarolar Angren shahar Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Voqea joyida Toshkent viloyati FVB va Angren shahar FV boʻlimi, IIB, prokuratura va SSB dastlabki tergov tekshiruv ishlarini olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala