Jamiyat

Oʻzbekistonda qurilish obʼyektlari nazoratchilari maoshi koʻtariladi

Kaska rabochego - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Texnik nazorat sohasidagi masʼul mutaxassislarga ular mehnatiga haq toʻlashning amaldagi tarifi oshiriladi.
TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Oʻzbekistonda qurilish obʼyektlari nazoratchilari maoshi 1 avgustdan oshiriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 20 maydagi “Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 321-sonli qarorida nazarda tutilgan, deb xabar qilmoqda “Norma” axborot-huquqiy portali.
Maʼlum qilinishicha, buyurtmachi xizmatlar Qurilish vazirligi tomonidan belgilangan malaka toifasi asosida texnik nazorat sohasidagi masʼul mutaxassislarga ular mehnatiga haq toʻlashning amaldagi tarif koeffitsiyentlariga 2021 yil 1 avgustdan boshlab:
birinchi toifa uchun - 0,2 miqdorda;
ikkinchi toifa uchun - 0,5 mikdorda;
uchinchi toifa uchun - 0,7 miqdorda;
oliy toifa uchun - 1,0 miqdorda koeffitsiyent qoʻshiladi.
Bundan tashqari, 2021 yil 1 iyundan boshlab buyurtmachi xizmatining shtatlar jadvali va taʼminot harajatlari smetasini roʻyxatdan oʻtkazishda texnik nazorat mutaxassislari uchun xizmat safari xarajatlarining obʼyektlar joylashgan masofadan kelib chiqib, joriy narxlarda belgilanadi.
Hujjat qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 21 may kuni kuchga kirgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala