Migratsiya

Rossiya adliya vaziri mahkumlarni migrantlar oʻrniga ishlatish taklifini qoʻllab-quvvatladi

© SS0 / Unsplash / Yancy MinStroiteli, illyustrativnoye foto
Stroiteli, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Konstantin Chuychenkoning fikricha, bu yaxshi gʻoya, chunki yirik qurilishlar va obʼyektlarda axloq tuzatish markazlarini yaratish mumkin boʻladi.
TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Rossiya Adliya vazirligi rahbari Konstantin Chuychenko mehnat migrantlarini mahbuslar bilan almashtirish taklifini qoʻllab-quvvatladi.
Chuychenko bu gʻoyani yaxshi deb hisoblaydi, chunki yirik qurilishlar va obʼyektlarda axloq tuzatish markazlarini yaratish mumkin boʻladi. Jazo muddatini oʻtayotgan shaxslar, oʻz navbatida, yaxshi ishchi boʻlish uchun yetarlicha malakaga ega.
Stroiteli, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2021
Migratsiya
Mehnat migrantlarini mahbuslar bilan almashtirish taklif etildi
Rossiyalik vazirning soʻzlariga koʻra, axloq tuzatish markazlarini yaratish mahbuslarning jazoni almashtirish huquqini amalga oshirish imkonini beradi. Chuychenko hozirda ozodlikdan mahrum qilish joylarida boʻlgan 180 ming nafarga yaqin kishi jazoni axloq tuzatish ishlari shaklida oʻtashga oʻtish huquqiga ega ekanini qayd etdi.
Ammo mamlakatda jami 8 mingtacha axloq tuzatish markazlari tashkil etilgan, shu bois hukumat kishilarning jazoni almashtirish huquqini toʻliq amalga oshirolmaydi.

“Bu juda ijtimoiy muhim va qiziq narsa, chunki odamlar bu bilan jamiyatdan ayrilmaydi, maosh oladi, sud qarorlarida belgilangan majburiyatlarini bajara oladi”, - dedi Chuychenko. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Rossiya Adliya vazirligi rahbari hukumat biznes bilan muzokaralar oʻtkazayotgani va axloq tuzatish markazlari va ish oʻrnini koʻpaytirish uchun bitimlar tuzayotganini qoʻshimcha qildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya Jazoni ijro etish federal xizmati (FSIN) direktori Aleksandr Kalashnikov Rossiyada migrantlar ishlaydigan sohalarda mahkumlarni faolroq jalb qilish va ular oʻrniga ishlatish taklifini oʻrtaga tashlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala