Rossiya

Rossiya Afgʻonistondagi harbiy eskalatsiyaga tayyor - Lavrov

© REUTERS / Omar Sobhaniنن په کابل کې چاودنه شوي چې ګڼ شميرخلګو ته يي مرګ ژوبله اړولې ده
نن په کابل کې چاودنه شوي چې ګڼ شميرخلګو ته يي مرګ ژوبله اړولې ده - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Rossiya Afgʻonistondagi harbiy eskalatsiyaga tayyor - Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Yaqin oylar Afgʻoniston uchun hal qiluvchi boʻlishi mumkin, harbiy faollikning kuchayishi kutilmoqda, Rossiya bunday voqealar rivojiga tayyor, deb aytdi dushanba kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. RIA Novosti.
"Kelgusi oylar hal qiluvchi boʻlishi mumkin. Prognozlarga qaraganda, u vaqtda mavsumiy jangovar harakatlar avj olishi mumkin. Koʻp narsa urush olib borayotgan afgʻon tomonlarining konstruktiv muloqotni oʻtkazishga va kelajakdagi davlat tuzilishining muhim masalalari boʻyicha kelishib olishga tayyorligiga bogʻliq boʻladi”, - dedi Lavrov.
TIV rahbari taʼkidlashicha, Rossiya Afgʻonistondagi voqealar rivojiga tayyor.

Ammo, albatta, biz u yerda vaziyat barqarorlashishidan manfaatdormiz. Shu maqsadda biz boshqa davlatlar bilan birgalikda milliy yarashuv jarayonini faol ravishda koʻmak bermoqdamiz. Xususan, biz buni Rossiya, AQSH, Xitoy va Pokiston ishtirokidagi kengaytirilgan "uchlik" doirasida amalga oshirmoqdamiz. Kelajakda biz mintaqaning barcha davlatlari va AQShni oʻz ichiga olgan Moskva formatidagi ishlarni faollashtirishni nazarda tutmoqdamiz

Glava MID RF Sergey Lavrov  - Sputnik Oʻzbekiston
Sergey Lavrov
Rossiya tashqi ishlar vaziri
Moskva “Tolibon”* bilan muloqotda ularning Afgʻonistondagi hokimiyatni monopollashtirishiga qarshi ekanligini toʻgʻrilikchaaytadi, Gʻarbda shu kabi stsenariydan birinchi navbatda tashvish bildirilmoqda, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"Tolibon tomonidan hokimiyatni egallab olishidan tashvish yuzasidan birinchi navbatda Gʻarb kuzatuvchilari bildirilmoqda. Ammo, birinchidan, toliblar oʻzlari bunday niyatlari yoʻqligini, ikkinchidan esa - kuch yoʻli bilan hokimiyat tepasiga kelishini qoʻllab-quvvatlamaydigan afgʻon siyosiy kuchlar bor”, - dedi diplomat.
Lavrovning soʻzlariga koʻra, barqaror kelishuv uchun afgʻon jamiyatining barcha etnik siyosiy guruhlari manfaatlarini hisobga oladigan hukumat tuzish kerak.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala