Jamiyat

Toshkent teleminorasining bayrogʻi yongani haqidagi xabar yolgʻon – vazirlik

© SS0 / Unsplash / Felix MittermeierMolniya, illyustrativnoye foto
Molniya, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Toshkent teleminorasining bayrogʻi yongani aks etgan video yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi.
TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi Toshkent teleminorasini chaqmoq urishi oqibatida bayroq yongani aytilgan video yuzasidan munosabat bildirdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati xabariga koʻra, poytaxtda kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti vaqtida teleminoraga toʻgʻridan-toʻgʻri chaqmoq urish hodisasi sodir boʻlmagan. Video olingan rakursdan chaqmoq urgani qayd etilgan boʻlsa-da, aslida u teleminoradan maʼlum bir masofada boʻlib oʻtgan.
“Toshkent teleminorasining bayrogʻi yongan video ham yolgʻon xabar boʻlib, teleminora bayrogʻining past qismidagi ogohlantiruvchi qizil chiroqlar shuʼlasi bayroqqa tushib ushbu holatni aks yettirgan”, - deyilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, teleminora kuchli chaqmoq urishiga qarshi himoya tizimi va yerga ulanish konturlari bilan taʼminlangan. Shu bois chaqmoq urish xavfidan toʻliq himoyalangan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham teleminora chaqmoq urishi oqibatida zarar koʻrmagani, u bunday holatlardan toʻliq himoyalangani haqida maʼlum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala