Toshkent teleminorasining bayrog‘i yongani haqidagi xabar yolg‘on – vazirlik

Obuna bo‘lish
Toshkent teleminorasining bayrog‘i yongani aks etgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi Toshkent teleminorasini chaqmoq urishi oqibatida bayroq yongani aytilgan video yuzasidan munosabat bildirdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, poytaxtda kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti vaqtida teleminoraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqmoq urish hodisasi sodir bo‘lmagan. Video olingan rakursdan chaqmoq urgani qayd etilgan bo‘lsa-da, aslida u teleminoradan ma’lum bir masofada bo‘lib o‘tgan.
“Toshkent teleminorasining bayrog‘i yongan video ham yolg‘on xabar bo‘lib, teleminora bayrog‘ining past qismidagi ogohlantiruvchi qizil chiroqlar shu’lasi bayroqqa tushib ushbu holatni aks yettirgan”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, teleminora kuchli chaqmoq urishiga qarshi himoya tizimi va yerga ulanish konturlari bilan ta’minlangan. Shu bois chaqmoq urish xavfidan to‘liq himoyalangan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham teleminora chaqmoq urishi oqibatida zarar ko‘rmagani, u bunday holatlardan to‘liq himoyalangani haqida ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0