Jamiyat

Uzbekistan Airways 15 iyundan boshlab Domodedovo aeroportidan parvozlarni qayta tiklaydi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishMejdunarodnыy aeroport "Domodedovo"
Mejdunarodnыy aeroport Domodedovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Uzbekistan Airways 15 iyundan Moskvaning Domodedovo aeroportidan parvozlarni tiklaydi.
Reyslarni qayta tiklash toʻgʻrisidagi qaror, avvalambor, Oʻzbekiston “havo yoʻllari" reyslarida qulaylik yaratish va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish darajasini oshirish bilan bogʻliq.
Zdaniye aeroporta Vnukovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.10.2018
Jamiyat
"Oʻzbekiston havo yoʻllari"ning Moskvaga barcha reyslari "Vnukovo" aeroportiga oʻtkaziladi
"Uzbekistan Airways" AJ va Domodedovo oʻrtasidagi hamkorlik aeroportning sherik aviakompaniyalari parvozlari va transfer reyslari geografiyasi tufayli Oʻzbekistonda turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratadi.
"Hamkorligimiz yoʻlovchilarga vaqt va parvoz xarajatlarini sezilarli darajada tejash uchun yangi imkoniyatlarni ochadi", - deydi "Uzbekistan Airways"ning RF mintaqaviy vakili Akmal Joʻrayev.
Uzbekistan Airways 14 iyun kuni Vnukovo aeroportidan soʻnggi parvozini amalga oshiradi. Buni Sputnik muxbiriga aviakompaniya matbuot xizmati tasdiqladi. Keyingi kundan boshlab esa barcha reyslar Domodedovo aeroportidan amalga oshiriladi.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring!>>
Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 28 oktyabridan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning Oʻzbekistondan Moskvaga barcha reyslari “Domodedovo” aeroportidan “Vnukovo” aeroportiga oʻtkazgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala