Kolumnistlar

Yashirin yarmiya, mutlaq kuzatuv va repressiya: haqiqiy totalitar davlat kim?

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishXaker
Xaker - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Cheklanmagan harbiy, texnologik va moliyaviy quvvatga ega boʻlgan davlat, nafaqat tashqi balkim ichki raqiblarni ham yoʻq qiluvchi totalitar davlatga aylanmoqdami?
Amerikaning Newsweek jurnali oʻtgan haftada AQSH dunyo boʻylab amalga oshirayotgan xufiyona operatsiyalar koʻlamiga nazar soluvchi maʼlumotlarni oshkor qildi. Unda eʼlon qilingan raqamlar jamoatchilikni befarq qoldirmadi. RIA Novosti xabariga asosan.
Rossiyalik mutaxassislar xulosasiga koʻra, bugungi kunda AQShning dunyo boʻylab tarqalgan yashirin armiyasida 60 mingdan ortiq askar bor. Ularning aksariyati turli miqyosdagi xususiy korxonlar yoki yakka tartibda yollangan shaxslar boʻlib, ular AQSH harbiy muassasalari bilan shartnoma asosida ishlaydi.
Kongress uchun ham Senat uchun ham ular - mutlaq koʻrinmas. Ular nima qilsa ham ularning ortida turganlar “suvdan quruq chiqadi.”
Konteynerы s nizkoobogaщennыm uranom dlya ispolzovaniya v kachestve topliva dlya yadernыx reaktorov v portu v Sankt-Peterburge - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2020
Analitika
AQSH tinch atomda urush chiqarmoqchi
Xitoy Amerikalik hamkorlarning ikkiyuzlamachiligi haddan ortiq ekaniga jeʼtibor qaratdi.
“AQSH siyosiy rahbarida butun dunyoga “odob-axloq darsi” berayotgan bir vaqtda, amerikaning yashirin armiyasi Jeneva konventsiyasi va barcha tsivilizatsion urush olib borish qoidalarini mutlaq inkor qilmoqda. “Axir bu dunyo tartibini, inson huquqlarini buzish emasmi? AQSH tomonidan targʻib qilinayotgan rostgoʻylik va adolat nima oʻzi?” – deb yozadi Weibo ismli foydalanuvchi.
Ushbu maqolaga amerikalik oʻquvchilar munosabati ham qiziq boʻldi, axir Newsweek tomonidan ochiqlangan maʼlumot AQSH askarining yorqin obraziga unchalik oʻxshamaydi. Pentagon askarlarining aksariyati sobiq maxsus tizimlar xodimlari boʻlib, ular odam oʻgʻirlash, qiynoqlar va tinch aholini sud va tergovsiz oʻldirish bilan shugʻullanadi. Undan tashqari diversiya va treaktlar ham bor. Xullas harbiy jinoyatlarning toʻliq roʻyxati.
“Bular bilan solishtirganda Rossiya va Xitoy – havaskorlar xolos, lekin Pentagon va MRB hamma narsani ularga toʻnkashmoqda. Amerika xalqini diqqatini tortish uchun”, - deydi izoh yozganlardan yana biri.
"Newsweek davlat siri boʻlgan masalarga burun suqishni bas qilishlari kerak”, - deb yozgan yana bir komentator.
Yana bir kishi ushbu maqolani “sotqinlik arafasidagi jurnalistika” deb atab uning chop etilganigan hayron boʻlgan.
Aslida ushbu masala jahon hamjamiyati uchun qiziqarli. Amerika butun dunyo boʻylab terakt va diversiyalar uyushtirimoqda. Ularning kiberqoʻshinlari olib borayotgan axborot va ruhiy hujumlari haqida Britaniyaning The Guardian nashri 10 yil oldin yozgan edi. Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiladigan “men ofitserning /shifokorning/politsiyachining qiziman/xotiniman. U yerda vaziyat mutlaq boshqacha” qabilidagi dezinformatsion xabarlar.
Shuningdek AQShning Afrikadagi koʻrinmas maxsus kuchlari haqida Politico ham biroz oldin xabar bergan edi.
Nobel mukofoti laureati Barak Obama prezidentlik muddatining eng boshidan boshlab Yer yuzidagi muhim infratuzilma obʼyektlariga ommaviy hujumlar uyushtirish haqida buyuruq bergan edi.
Peregovorы s uchastiyem gossekretarya SSHA Entoni Blinkena i sovetnika prezidenta po natsbezopasnosti Djeyka Sallivana, a takje glavы kantselyarii komissii TSK KPK po inostrannыm delam Yan Tszechi i ministra inostrannыx del Kitaya Vana I v Ankoridje, SSHA - RIA Novosti, 1920, 29.03.2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Kolumnistlar
AQSH yana hammaga hayotdan saboq bermoqchi. Rossiya va Xitoy alohida taklif etilyapti
Amerikaliklarning eng mashhur diversiyasi – Stuxnet nomli kompyuter virusini yaratish boʻlgan edi. AQSH va Isroil razvedka xizmatlari tomonidan boshqarilgan ushbu virus Eronning yadroviy toʻyintirish moslamalari (tsentrifugalarini) toʻxtatishga olib kelgan edi. Lekin ushbu virus keyinchalik butun dunyo boʻylab tarqalib ketib butun insoniyatni xavf ostiga qoʻymoqda.
Oʻtgan yil amerikalik harbiylar Bogʻdodda Eron generali Qosim Sulaymoniyni butun dunyo koʻz oʻngida vahshiylarcha oʻldirishdi. Agar ushbu ishni biror boshqa davlat amalga oshirganida, amerikaliklar uni darhol xalqaro terrorchi deb ayblashgan boʻlardi.
Ikkinchi tomondan Newsweekdagi maqolada AQSH tomonidan yollangan kuchlar oʻzlarining jinoiy vazifalarini qanday bajarayotgani ham qattiq tanqid qilingan.
Masalan, Rossiya va Xitoyda hibsga olingan razvedkachilar misolida muallif yashirin texnologiyalar sohasidagi yangiliklar, shiflash texnologiyalari, qalbaki hujjatlar va biometriyani qalbakilashtirish haqida hikoya qilib beradi. Xullas yashirin faoliyatning bir talay ikr-chikrlarini fosh qilgan.
Bunday tafsilotlarni chop etishdan maqsad – AQSH yashirin armiyasi nafaqat butun dunyoda, balkim AQSH ichida ham, oʻz fuqarlariga qarshi ham ishlatilayotganini koʻrsatishdir. Ushbu maqolaning olamshumulligi ham ana shunda. Muallifni nafaqat qayerdadir xorijda qurbon boʻlayotgan begona davlat fuqarolari, balkim AQSH ichida ham sodir boʻlayotgan yashirin voqealar, shaxsiy hayoti xavf ostida ekani xavotirlantirayotgani seziladi.
Amerikanskiye flagi na fone Kapitoliya v Vashingtone, SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2021
Analitika
Demokratiyani oʻrgatishadi. AQSH ishga aralashuv usullarini belgilab oldi
Uilyam Arkin maqolasida Merilend shtatida joylashgan bir xususiy korxona haqida soʻz yuritladi. Ular sanoat koʻlamida qalbaki hujjatlar tayyorlash bilan shugʻullanadi. Haydovchilik guvohnomasidan tortib, bank hisob raqamlari, kredit tarixi – xullas ular yashirin armiya uchun har qanday kerakli hujjatni yasab berishlari mumkin. Jarayonda Davlat departamenti, banklar, hukumat muassaslari, sugʻurta kompaniyalar va mudofaa vazirligi ham ishtirok etadi.
Arkin aytishiga koʻra, qalbaki guvohnomalar egalari AQSH ichida ham faoliyat olib borishini taʼkidlagan. Oʻquvchida oʻz oʻzidan savol paydo boʻladi: “Bayden maʼmuriyati ushbu yashirin armiyani oʻz siyosiy raqiblariga – “ekstrmistlar” va “oq suparmasistlarga” qarshi ishlatmasligiga ishonsa boʻladimi?
Soʻnggi vaqtlarda amerikaliklarning hukumatga savollari juda koʻp. Mamlakatda qotilliklar soni keskin oshmoqda. Ularning aksariyati ochilmay qolmoqda. Qurbonlar orasida oddiy fuqarolar, jurnalistlar va siyosiy faollar hamda olimlar ham bor.
Oʻtgan yil yozda Miluokida siyosiy faol fuqaro, Donald Trampning qora tanli tarafdori Berni Tremell otib oʻldirildi. Uning qotili haligacha topilmadi. Oradan bir oy oʻtib “anitfa” vakili Portlandda yana bir Tramp tarafdorini oʻldirdi. Tramp uchun ovoz bergan Eshli Bebbitni politsiya 6 yanvar kuni Kapitoliy yaqinida otib oʻldirdi.
Keyingi kuni yana bir Tramp tarafdori Kristofer Stenton Djordjiya oʻz joniga suiqasd qildi. Kutilmaganda Kapitoliyni qoʻriqlagan politsiyachi - Govard Libengud ham oʻzini otib qoʻydi. Oʻtgan yilning iyun oyida 39 yoshli jurnalist Djes Uoters oʻzini osdi. Bir haftadan soʻng MRB bosh tahlilchisi, 52-yoshli Entoni Shinellani kimdir otib ketdi.
2018 yilda kutilmaganda butun dunyoda taniqli fizik olim Stenford professori, innovator va multimillioner Jen Shuchen oʻzini oʻldirdi. Bir yarim yildan soʻng Pittsburgda taniqli virusolog Bin Lyu otib oʻldirildi. Bin Lyu – koronavirusni oʻrgangan olimlardan biri edi. Gʻalatisi – uning qotili ham oʻz joniga qasd qilgan. Ommaga esa - uni “rashkchi xushtor” oʻldirgan deb eʼlon qilishdi. Ha, nima ham derdik, xitoyliklar “oʻzi shunaka”.
Agar ushbu qotilliklarga, odatdagidek jurnalistlar eʼtibori jalb qilinsa, jamiyat xavotirga tushsa hammasiga “notinch vaziyat” va AQShda aholi qoʻlida qurol koʻpligiga yoʻysa boʻlardi. Lekin ushbu qonli jinoyatlar mutlaq jim-jitlikda, xuddi oddiy holdek amalga oshirilmoqda.
Flag SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.02.2021
Kolumnistlar
Boshqa davlat muxolifatchilari AQSH tashqi siyosatining ustuniga aylanishi kerak
Tashqi beligilariga koʻra, bu xuddi repressiyaga oʻxshaydi. Sodir boʻlayotgan “suiqasdlar” esa – maxsus xizmatlar tomonidan ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilgan “yoʻq qilish” operatsiyasini eslatadi.
Lekin bularning bari uchinchi davlatlarda tinch aholining ommaviy qirish va 11 sentyabr voqealari oldida – shunchaki holva.
Aholi orasida ushbu qotilliklar aslida harbiylar tomonidan sodir etilgani va ularni oʻzi ham operatsiyadan “tozalangani” va shaxsi oʻzgartirilgani aytilmoqda. Ehtimol aslida bunday emas, lekin Arkinning maqolasi maxsus xizmat xodimlarining ulkan imkoniyatlari haqida tasavvur beradi.
Lekin bu ishlarni oʻrganish – oʻziga goʻr qazish bilan barobar. 11 sentyabr voqealarini ommaviy tanqid qilgan jurnalist Maykl Rupert 2014 yilda oʻz joniga qasd qildi. Oradan ikki yil oʻtib yana bir “rejim tanqidchisi”, jurnalist Viktor Torn ham “oʻz ixtiyori bilan hayotdan koʻz yumdi”.
Shu bilan birga, xuddi xalq ustidan kulgandek, AQSH ichki xavfsizlik vazirligi mamlakatga xavf solayotgan eng katta kuch – “oq supermasistlar”, yaʼni Amerikaning oq tanli erkaklari deb atadi.
Newsweek maqolasi ostidagi izohlardan biri bilan rozi boʻlmasdan ilojimiz yoʻq - “bizning hukumat <…> xalq uchun, boshqa barcha hukumatlarnni birlashtirsa ham, ulardan koʻra xavfliroq”.
“AQSH davlati – bu bir necha oilalar tomonidan boshqarilayotgan fashistlar diktaturasi. Ulkan yashirin armiya, barcha sohani qamrab oluvchi kuzatuv va nazorat tizimlari – xuddi oʻtgan zamon totalitar davlatlaridagidek”, - deb yozgan yana bir kommentator.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala