Jamiyat

Andijon prokuraturasi yosh kelinning zoʻrlanishiga oid xabarlar yuzasidan bayonot berdi

© Uznews.uzProkuratura
Prokuratura - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Andijon viloyat prokuraturasi 5 oylik kelinchakning zoʻrlanishi bilan bogʻliq holat atrofida ketayotgan yolgʻon va vahimali xabarlarga munosabat bildirdi.
TOSHKENT, 25 may — Sputnik. Andijon prokuraturasi internet ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda 5 oylik kelinning zoʻrlanishi bilan bogʻliq eʼlon qilinayotgan xabarlar yuzasidan bayonot berdi.
Unda aytilishicha, 13 may kuni fuqaro O.O.ni zoʻrlanishi bilan bogʻliq holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi (nomusga tegish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlarini har tomonlama toʻla va xolisona oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida, Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining malakali tergovchisi ish yurituviga oʻtkazilgan va tergov guruhi tuzilgan.
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2021
Hodisalar
Andijonda zoʻrlangan 18 yoshli kelin voqeasi Senat nazoratiga olindi
Holat yuzasidan hodisa joyiga tergov-tezkor guruhi chiqib, videotasvirga olgan holda koʻzdan kechirilgan va tergovga qadar tekshiruv davomida ishga aloqador boʻlgan barcha ashyolar olingan.
Tergov harakatlari davomida jabrlanuvchi hamda gumon qilingan shaxslarning barchasi sud-tibbiy ekspertizasidan oʻtkazilib, olingan ashyolar boʻyicha sudga oid biologiya, sudga oid kriminalistika va sudga oid mikrotola ekspertizalari tayinlangan.
Shuningdek, ishga aloqador boʻlgan barcha shaxslar guvoh tariqasida batafsil soʻroq qilinib, gumonlanuvchilarning shaxslari tezkor yoʻllar bilan oʻrganilgan.
Jinoyat ishi boʻyicha haqiqatni aniqlash va zudlik bilan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tergov harakatlari boʻyicha Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan yozma koʻrsatma berilib, tergov harakatlari ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilgan.
Devushka, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2021
Hodisalar
Andijonda bir guruh erkak yosh kelinni zoʻrlaganlikda gumon qilinmoqda
"Jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi talablari asosida olib borilishi, aybdor shaxslar doirasi toʻliq aniqlanib, ularga nisbatan jazoning muqarrarligi taʼminlanadi.
Prokuratura organlari har bir xabar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishini taʼminlaydi va fuqarolarimizdan vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanmagan turli asossiz xabarlarga tayanmaslikni soʻrab qoladi.
Viloyat prokuraturasi aholi orasida yolgʻon, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan hamda vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini yana bir bor eslatadi!”, - deyilgan bayonotda.
Eslatib oʻtamiz, mazkur holat Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi tomonidan nazoratga olingan.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala