Siyosat

Kamilov Rossiya elchisini qabul qildi: qanday masalalar muhokama qilindi?

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishOleg Malginov
Oleg Malginov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov RF Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.
TOSHKENT, 25 may — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.
Muzokaralarda Oʻzbekiston-Rossiya koʻp qirrali munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi, shuningdek, oliy va yuqori darajadagi boʻlajak tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashinildi.
Rossiya tomonining 2021 yil 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferentsiyadagi ishtiroki ham koʻrib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala