Jamiyat

Koronavirusdan vafot etganlar soni 682 nafarga yetdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishLecheniye bolnыx COVID-19 v GKB №40
Lecheniye bolnыx COVID-19 v GKB №40 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Oʻzbekistonda sutka davomida 192 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 98 849 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 25 may — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Sutka davomida 192 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 98 849 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpogʻiston Respublikasida (4), Andijon viloyatida (5), Buxoro viloyatida (1), Jizzax viloyatida (1), Qashqadaryo viloyatida (7), Navoiy viloyatida (2), Samarqand viloyatida (24), Sirdaryo viloyatida (6), Surxondaryo viloyatida (3), Fargʻona viloyatida (3), Xorazm viloyatida (3), Toshkent viloyatida (26), Toshkent shahrida (107) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Vrach v bolnitse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Jamiyat
Koronavirus Oʻzbekistonda: kunlik holatlar 200 dan ortiq

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 94 385 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 95 foiz.
Ayni paytda 3 882 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Vaktsinatsiya

Respublikada jami 1 642 744 doza vaktsinadan foydalanildi. Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 1 199 354 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 443 390 nafarni tashkil qildi.

Oʻlim holatlari

Koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi, Oʻzbekistonda jami 682 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 167,1 milliondan oshdi, 3,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (33,1 mln), Hindistonda (26,8 mln), Braziliyada (16,1 mln).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala