Jamiyat

Olis hududlarda 2 mingga yaqin oilaviy bogʻchalar tashkil qilinadi – prezident

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Shavkat Mirziyoyev oilaviy va davlat-xususiy sheriklik asosida qurilayotgan bogʻchalarga yordam hajmini oshirishni topshirdi.
TOSHKENT, 25 may - Sputnik. Olis viloyatlarida 2 mingga yaqin oilaviy bogʻchalar tashkil qilinadi. Bu haqida prezident huzurida boʻlib oʻtgan majlisda taʼkidlandi.
“53 ta tumanda 34 ming oʻrinli 2 mingta oilaviy bogʻcha tashkil etish choralari belgilandi. Bunday bogʻchalarga qoʻshimcha ishchi yollashga ruxsat berib, qabul qilinadigan bolalar sonini ikki barobar oshirish taklifi maʼqullandi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, oilaviy bogʻchalarga oʻquv qoʻllanma va metodik materiallarni bepul yetkazib berish vazifasini qoʻyildi. Buning uchun davlat tomonidan jami 30 milliard soʻm ajratiladi.
Undan tashqari, bunday muassasalarni zarur jihozlar bilan taʼminlash uchun 5 foiz stavkada 30 million soʻmgacha imtiyozli kreditlar beriladi.
Shu bilan birga Shavkat Mirziyoyev olis viloyatlarda maktabgacha taʼlim ыamrovini kengaytirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida bogʻchalar qurish vazifasini qoʻydi. Bunday bogʻchalarda har bir tarbiyalanuvchi uchun qilingan xarajatlarning 50% davlat tomonidan subsidiya qilinadi.
Yigʻilishda ushbu subsidiya miqdorini 75 foizga yetkazish, xususiy bogʻchalarning elektr energiyasi va tabiiy gaz toʻlovining 50 foizini davlat byudjetidan qoplash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Bundan tashqari, pandemiya sababli toʻliq quvvatda ishlamagan davlat-xususiy sheriklik bogʻchalarning kreditlari boʻyicha asosiy qarz toʻlovi muddati ham yil yakuniga qadar uzaytirildi.
Davlat tomonidan yangi bogʻchalar qurish ishlari ham davom ettirilmoqda. 2021-2022 yillarda 23 ta tumanning olis va chekka hududlarida 50 ta maktabgacha taʼlim muassasasi barpo etish rejalashtirilgan. Buning uchun qamrov darajasi eng past va bolalar soni 250 tadan oshgan 50 ta mahalla tanlab olingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala