Ortiqxo‘jayev hokimlik binosidan ko‘ra, katta angarda ishlashni xohlayotganini aytdi

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentXokim Tashkenta Djaxongir Artikxodjayev
Xokim Tashkenta Djaxongir Artikxodjayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2021
Obuna bo‘lish
Poytaxt hokimining so‘zlariga ko‘ra, u yoshlar, umuman hammaning kirib chiqishi oson bo‘lgan joy bo‘lishi kerak.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev “Besh tashabbus harakati” doirasidagi yoshlar bilan uchrashuvda yoshlarga sharoit yaratib berish masalasiga to‘xtaldi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hokimlikda o‘tkazilgan yig‘ilishda shahardagi teatr, maydon, bog‘larni, muzeylarni, madaniyat saroylarini qayta rekonstruksiya qilish, yoshlarga sharoit yaratish, IT-mutaxassisi bo‘lgan yoshlar uchun ijaraga emas, bepul joylar ajratish, kovorking markazlarini yaratish masalasini ko‘rib chiqilgan.
“Yaqinda bir model o‘ylab chiqdik. Unga ko‘ra, hokimlik ishchilari umuman hokimlik binosida o‘tirishi noto‘g‘ri deb hisoblaymiz. To‘g‘risini aytsam, o‘zim ham katta bir angarni ichida o‘tirishni xohlayapman. U yoshlar, umuman hammaning kirib chiqishi oson bo‘lgan joy bo‘lishi kerak”, - deydi Ortiqxo‘jayev.
Yangiliklar lentasi
0