O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga yangi rahbar tayinlandi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMejdunarodnaya islamskaya akademiya Uzbekistana
Mejdunarodnaya islamskaya akademiya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2021
Obuna bo‘lish
Muzaffar Komilovga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rektori vazifasini bajarish yuklatildi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilovga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rektori vazifasini bajarish yuklatildi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.
Xalqaro islom akademiyasining sobiq rektori, prezident maslahatchisi Rustam Qosimov may boshida vafot etgan edi.
Shoazim Minovarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2021
Shoazim Minovarov prezident maslahatchisi etib tayinlandi
Muzaffar Komilov 2018-yil aprelida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
U ilgari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida boshqarma boshlig‘i, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlarida prorektor lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
Yangiliklar lentasi
0