Iqtisod

Oʻzbekistonning eng yirik soliq toʻlovchilari maʼlum boʻldi

© Navoiyskiy gorno-metallurgicheskiy kombinatNavoiyskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat
Navoiyskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Eng yirik soliq toʻlovchilar Navoiy va Olmaliq kon metallurgiya kombinatlari, Oʻzbekneftgaz, Oʻztransgaz va Uzauto motors va boshqalar.
TOSHKENT, 25 may —Sputnik. Oʻzbekiston Moliya vazirligi 2020 yilgi Davlat byudjeti ijrosi toʻgʻrisida batafsil hisobotni taqdim etdi. Unda Oʻzbekistonning eng yirik 20ta soliq toʻlovchi kompaniyalari nomlari aytib oʻtilgan.
Hisobotga koʻra, Oʻzbekiston Davlat byudjetining deyarli yarmi (47,6%) – 20 ta yirik soliq toʻlovchilar tomonidan bajarilgan.
Eng yirik soliq toʻlovchisi - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” boʻlib jami soliqlarning 23,1% ushbu korxona hisobidan toʻldirilgan.
Ikkinchi oʻrinda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” – byudjetning 7,4 % soliqlarini toʻlagan.
Keyingi oʻrinlarda “Oʻzbekneftgaz” AJ – 4,5 %, “Oʻztransgaz” AJ – 3%, Uzauto motors AJ – 1,5 %, “Uzbat” AJ – 1,4 %, “Oʻzbekgidroenergo” AJ – 1,3 %, Lukoil – 1 % va boshqalar.
© MinfinEng yirik soliq toʻlovchilar
Eng yirik soliq toʻlovchilar - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Eng yirik soliq toʻlovchilar
Xarajatlar tarkibida 51,5 % mablagʻ ijtimoiy sohaga sarflandi. Bu yerda, odatdagidek, birinchi oʻrinda taʼlim sohasi boʻldi. Ushbu sohaga deyarli 30 trillion soʻm sarflangan. Ushbu mablagʻning asosiy qismi – 73% umumtaʼlim sohasiga sarflandi. 16,3 % – maktabgacha taʼlim va 10,7 % - kadrlar tayyorlashga yoʻnaltirilgan.
Ijtimoiy xarajatlarning ikkinchi yirik boʻlimi – Sogʻliqni saqlash sohasi boʻlib, ushbu sohaga 19,3 trillion soʻm sarflangan.
Keyingi oʻrinlarda – Nafaqa va moddiy yordam (8,1 trln.), madaniyat va sport (2,36 trln.) hamda aholi bandligini oshirish (1,3 trln) sohalari tashkil qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala