Dunyoda

Qirgʻiziston Tojikiston bilan chegarani vaqtincha yopdi

© Sputnik / Igor Yegorov / Fotobankka oʻtishVoyennoslujaщiy voorujennыx sil Kirgizii
Voyennoslujaщiy voorujennыx sil Kirgizii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Tegishli qaror 21 may kuni Qirgʻiziston Vazirlar mahkamasi tomonidan qabul qilingan.
TOSHKENT, 25 may — Sputnik. Qirgʻiziston Tojikiston bilan chegarada vaqtinchalik cheklov joriy etdi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston mamlakat chegara xizmati matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Qaror 21 may kuni Qirgʻiziston Vazirlar mahkamasi tomonidan qabul qilingan. Tojikiston fuqarolariga kirish, respublika hududida boʻlish va harakat qilish, jumladan, tranzit orqali kelish taqiqlanadi.
“Bordobo — avtoyoʻli”, “Qayragʻoch — avtoyoʻli”, “Karamik — avtoyoʻli”, "Kulundu — avtoyoʻli” va “Qizilbel — avtoyoʻli” nazorat oʻtkazish punktlari orqali tovar va transport vositalari oʻtishi cheklangan.
Peregovorы prezidenta RF V. Putina prezidentom Kirgizii S. Japarovыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Dunyoda
Putin Japarov bilan tojik-qirgʻiz chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi
Qirgʻiziston hukumati Tojikistondan mamlakatga diplomatik vakolatxona xodimlari va ularning oila aʼzolariga hamda Qirgʻiziston va Tojikiston rasmiylariga oldinroq xabar qilgan taqdirda ruxsat bergan. Bundan tashqari, hozirda Qirgʻizistonda boʻlib turgan Tojikiston fuqarolari uylariga qaytishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, aprel oxirida Qirgʻiziston va Tojikiston fuqarolari oʻrtasida chegara yaqinida mojaro roʻy bergan edi. Unda har ikki tomondan harbiylar ham ishtirok etgan. Toʻqnashuvlar oqibatida oʻnlab kishilar halok boʻldi, yuzlab kishilar jarohatlandi, yana minglab kishilar evakuatsiya qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala