Migratsiya

Rossiyadagi noqonuniy migrantlarga qachongacha vaqt berilgan?

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishSotrudniki politsii i passajir
Sotrudniki politsii i passajir - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Rossiya hududida noqonuniy boʻlib turgan chet elliklarga 2021 yil 15 iyunga qadar oʻz maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat berilgan.
TOSHKENT, 25 may — Sputnik. Rossiya hududida noqonuniy boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari 2021 yilning 15 iyuniga boʻlishlarini qonuniylashtirish huquqidan foydalanishlari mumkin. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi fuqarolarga eslatma bilan chiqdi.
Buning uchun migrantlar yashash joyidagi tegishli Rossiyaning ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari mumkin.
Bunda noqonuniy ravishda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga nisbatan mamlakatdan maʼmuriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish choralari qoʻllanilmaydi. Ularga yashash joyidagi migratsiya boʻlimidan qayta roʻyxatdan oʻtish imkoniyati beriladi.
Qayd etilishicha, Rossiya IIV bilan oʻrnatilgan hamkorlik asosida Rossiya hududida huquqiy maqomi qonuniylashtirilishi kerak boʻlgan 300 ming nafardan ortiq oʻzbekistonliklarning roʻyxati shakllantirilgan.
Rossiya IIV ham oʻz navbatida xorijliklarga maqomlarini 15 iyungacha qonuniylashtirish kerakligini eslatib, qisqa muddat ichida ichki ishlar organlarining tegishli boʻlimlariga murojaat qilishlarini soʻragan.
Stroiteli, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Migratsiya
Rossiya adliya vaziri mahkumlarni migrantlar oʻrniga ishlatish taklifini qoʻllab-quvvatladi
Ushbu masalada yordam olmoqchi boʻlgan oʻzbekistonliklar quyidagi havolada keltirilgan raqamlarga murojaat qilishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala