Siyosat

Shoazim Minovarov prezident maslahatchisi etib tayinlandi

© uz.ambafrance.orgShoazim Minovarov
Shoazim Minovarov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
U Oʻzbekiston prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi sifatida ish boshladi
TOSHKENT, 25 may — Sputnik. Shoazim Minovarov Oʻzbekiston prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Tegishli farmonga Shavkat Mirziyoyev imzo chekdi.
Shoazim Minovarov 2017 yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazi direktori lavozimiga tayinlangan edi.
Papka s dokumentami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Siyosat
Davlat personallashtirish markaziga direktor tayinlandi
U 1951 yil tugʻilgan. 1997-2006 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari, raisi boʻlgan. Shuningdek, Oʻzbekiston prezidentining davlat maslahatchisi, Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari sifati mehnat qilgan.
Minovarov 2008-2012 yillarda Oʻzbekistonning Misrdagi elchisi lavozimida ishlagan. 2015 yil aprel oyidan 2017 yil iyul oyigacha Toshkentdagi Frantsuz alyansi raisi boʻlgan. U Frantsiyaning "Xizmatlari uchun", Oʻzbekistonning "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan.
Eslatib oʻtamiz, prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi Rustam Qosimov 2021 yil 7 may kuni vafot etgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala