Hodisalar

Surxondaryoda bir guruh shaxslar XDP deputatini kaltakladi

Kulak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
XDP Surxondaryoda kaltaklangan deputat ishi surishtiruvi choʻzilib ketayotganidan xavotir bildirdi.
TOSHKENT, 25 may — Sputnik. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Boysun tuman kengashiga Xalq demokratik partiyasidan deputatlikka saylangan Oʻktam Jabborovni 14 aprel kuni bir guruh shaxslar kaltakladi. Bu haqda XDP matbuot xizmati xabar qildi.
Ushbu voqea yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan soʻng turli muhokamalarga sabab boʻldi.
Partiya xabariga koʻra, holat yuzasidan tuman IIB jinoyat ishi qoʻzgʻatgan va tergov harakatlarini olib bormoqda.
“Surishtiruv ishlari boshlanganiga bir yarim oydan oshgan boʻlsa-da, hamon muayyan bir xulosaga kelinmagani, tergov harakatlari choʻzib yuborilgani jabrlanuvchi, uning yaqinlarining noroziligiga, partiyadoshlarining xavotiriga sabab boʻlmoqda”, - deyilgan xabarda.
Partiya Bosh prokuratura va IIVdan mazkur jinoyat ishi tergovini nazoratga olishni, aybdorlarga nisbatan qonuniy chora koʻrilishini soʻragan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala