Termizda O‘zbekiston–Afg‘oniston biznes forumi boshlanmoqda

© Xokimiyat Surxondarinskoy oblastiUzbekistan - Afganistan biznes forum v Termeze
Uzbekistan - Afganistan biznes forum v Termeze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2021
Obuna bo‘lish
Biznes forum doirasida kooperatsiya birjasi, shuningdek, “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil qilingan.
TOShKENT, 25-may – Sputnik. O‘zbekiston – Afg‘oniston biznes forumining qo‘shni Afg‘onistondan kelgan ishtirokchilari “Ayritom” chegara bojxona postida tantanali kutib olindi, deb xabar qilmoqda Surxondaryo viloyati hokimligi.
© Xokimiyat Surxondarinskoy oblastiUzbekistan - Afganistan biznes forum v Termeze
Uzbekistan - Afganistan biznes forum v Termeze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2021
Uzbekistan - Afganistan biznes forum v Termeze
Delegatsiya safida bir guruh tadbirkorlar bilan birga Afg‘oniston Islom Respublikasining Prezidenti Devoni rahbari Muhammad Shokir Korgar, Afg‘oniston Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi raisi Ismoil G‘azanfar, Balx viloyati voliysi Muhammad Farhod Azimiy singari mehmonlar ham bor.
Biznes-forum doirasida tashkil etilayotgan hududlar va tarmoqlararo sanoat yarmarkasi, kooperatsiya birjasi hamda “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar ko‘rgazmasida mamlakatimiz viloyatlari va Surxondaryoda ishlab chiqarilayotgan qurilish mollari, elektrotexnika, charm, tekstil sanoati, qishloq xo‘jaligi, avtotransport vositalari va boshqa mahsulotlar, milliy hunarmandlik buyumlari keng namoyish etiladi. V2V, G2B uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu tadbirga tayyorgarlik bir necha kun oldin boshlangan edi. Xususan, Termiz shahridagi “San’at saroyi”da biznes forum o‘tkazish uchun sharoitlar yaratilgan. Saroy hududidagi bog‘da hududlar va tarmoqlararo sanoat yarmarkasi, kooperatsiya birjasi, shuningdek, “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil qilingan. Ko‘cha va xiyobonlar tadbir mazmuniga mos bannerlar bilan bezatilgan edi.
© Xokimiyat Surxondarinskoy oblastiUzbekistan - Afganistan biznes forum v Termeze
Uzbekistan - Afganistan biznes forum v Termeze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2021
Uzbekistan - Afganistan biznes forum v Termeze
Tadbir doirasida O‘zbekiston va Afg‘oniston ishbilarmonlari orasida shzaro foydali shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.
© Xokimiyat Surxondarinskoy oblastiUzbekistan - Afganistan biznes forum v Termeze
Uzbekistan - Afganistan biznes forum v Termeze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2021
Uzbekistan - Afganistan biznes forum v Termeze
Yangiliklar lentasi
0