Xorijiy tillar o‘qituvchilari uchun talablar belgilandi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishKitayskiy yazik
Kitayskiy yazik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2021
Obuna bo‘lish
2022/2023 o‘quv yiliga qadar davlat OTMlaridagi barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, davlat ta’lim muassasalari xorijiy tillar o‘qituvchilari uchun xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha talablar belgilandi.
2022/2023 o‘quv yilidan davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim.
2022/2023 o‘quv yiliga qadar davlat OTMlaridagi barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Perviy zvonok v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2021
O‘zbekistondagi o‘zga tilli sinflarda o‘zbek tili chet tili kabi o‘rgatiladi
2024/2025 o‘quv yiliga qadar davlat oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kasbiy fanlar (xorijiy tildan tashqari) o‘qituvchilarining 50 foizi kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi shart.
2024/2025 o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim.
Yangiliklar lentasi
0