"Yashil texnologiyalar vodiysi" ilmiy-texnologik konsorsiumining taqdimoti o‘tkazildi

© Akademiya nauk UzbekistanaProvedena prezentatsiya pervogo v Uzbekistane nauchno-texnologicheskogo Konsorsiuma "Dolina zelenix texnologiy
Provedena prezentatsiya pervogo v Uzbekistane nauchno-texnologicheskogo Konsorsiuma Dolina zelenix texnologiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2021
Obuna bo‘lish
"Yangi materiallar va geliotexnologiyalar" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Toshkent viloyati Parkent tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A.Azimov nomidagi “Fizika-quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik institutida "Yangi materiallar va geliotexnologiyalar" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yadro fizikasi instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti hamda Fizika-texnika institutlari, I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Ilg‘or texnologiyalar markazi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti mutaxassislari, akademik-olimlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Asosiy maqsad yangi materiallar, geliotexnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya manbalarini yaratish, takomillashtirish va ulardan foydalanish masalalarini tahlil qilish, muhokama etish va ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
Konferensiya davomida AQSh, Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Belarus va respublika olimlarining ko‘p funksional materiallarni yaratish, ulardan mahsulot ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyalari, shuningdek, geliotexnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan amaliy foydalanish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalari tinglandi.
O‘zbekistonda birinchi marta tashkil etilayotgan "Yashil texnologiyalar vodiysi" ilmiy-texnologik Konsorsiumining taqdimoti o‘tkazildi.
Ushbu loyiha Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va "O‘zkimosanoat" AJ tashabbusi bilan tashkil etilmoqda. Uning asosiy maqsadi - vodorod energetikasi texnologiyalari, karbon tolalarini olish usullari, o‘ta o‘tkazuvchan materiallar va xususiyatlari oldindan belgilangan materiallar sohasida ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish, sinash, tajriba sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha hamkorlikdagi mega-loyihalarni amalga oshirish.
Yangiliklar lentasi
0