“Yutuq va g‘alabalaringizga ishonaman”: Mirziyoyev bitiruvchilarni tabrikladi

© Press-slujbaShavkat Mirziyoyev pozdravil veteranov s prazdnikom
Shavkat Mirziyoyev pozdravil veteranov s prazdnikom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2021
Obuna bo‘lish
Prezident bitiruvchilarga sihat-salomatlik, ishda va o‘qishda, shaxsiy hayotda katta yutuq va omadlar tiladi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini tabrikladi. Davlat rahbari matbuot xizmati tabrik matnini chop qildi.
Bugun mamlakatdagi barcha maktablarda “so‘nggi qo‘ng‘iroq”lar yangrab, qariyb 438 ming nafar o‘quvchi yetuklik shahodatnomalarini qo‘llariga oladi.
Prezident maktabni bitirib chiqayotgan yigit-qizlardan birontasi e’tibordan chetda qolmasligini ta’kidladi.
“Sizlarning hayotda o‘z munosib o‘rningizni topishingiz uchun davlatimiz va jamiyatimiz bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarini to‘la safarbar etadi”, - dedi Mirziyoyev.
Mirziyoyev bitiruvchilarni o‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘yib, vaqtini behuda o‘tkazmay, doimo bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishga chaqirdi. U yangi kasb-hunar egallash va eng asosiysi o‘z maqsadi sari tinmay harakat qilish albatta kelgusidagi muvaffaqiyatlar garovi ekaniga ishonch bildirdi.
“Mustaqil hayot sari tashlayotgan ilk dadil qadamingiz qutlug‘ va muborak bo‘lsin! Sizlarning yutuq va g‘alabalaringizga ishonaman, aziz bolalarim!”, - deyiladi prezident tabrigida.
Oxirgi to‘rt yilda mamlakatda134 ta yangi maktab qurilib, 2 ming 965 ta maktab rekonstruksiya qilinib, tubdan ta’mirlangan va jihozlangan.
Hozirgi vaqtda respublikamizda 10 mingdan ziyod davlat umumta’lim, 171 ta nodavlat, 18 ta davlat-xususiy sheriklik shaklidagi maktablar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Posledniy zvonok  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2021
Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni o‘tkazishga ruxsat berildi
Jumladan, 56 ta matematika, 28 ta kimyo-biologiya, 14 ta axborot texnologiyalari fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi.
Oxirgi bir yarim yilda iqtidorli o‘quvchilar xalqaro olimpiadalarda 4 ta oltin, 18 ta kumush, 30 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Yangiliklar lentasi
0