Kolumnistlar

AQShning Afgʻonistondan chiqishi va general Doʻstum qoʻzgʻoloni

© AFP 2018 / NOORULLAH SHIRZADARashid Dustum
Rashid Dustum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2021
Afgʻonistondan AQSH qoʻshinlarining olib chiqilishi mamlakatdan mavjud boʻlgan qarama-qarshiliklarni yanada kuchaytirib yubordi. Qoʻshni Markaziy Osiyo davlatlari vaziyatni xavotir bilan kuzatishmoqda. Rossiya mojaroning barcha ishtirokchilaridan jangovar faollikni kamaytirishni soʻramoqda.
AQSH Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarining olib chiqishni boshlaganidan soʻng Tolibon mamalakatning shimoliy hududlarida faol harakatlarni boshlab yubordi. Qobulda esa bir guruh “Islomiy davlat” vakillari qoʻlga olindi.
Kelib chiqishi oʻzbek boʻlgan, afgʻonistonlik taniqli harbiy qoʻmondon, marshal Doʻstum tarafdorlari Faryob viloyatida yangi tayinlangan gubernatorga qarshi norozilik namoyishlari boshlab yuborishdi. Uning samolyoti Maymene aeroportiga qoʻnishga ham imkon berilmadi. Minglab aholi va Afgʻoniston Islom xalq harakati partiyasining jangchilari aeroport va birnecha davlat muassasalarini bloklab qoʻyishdi.
Oqibatda, yangi gubeurnator Daud Lagmani Mudofaa vazirligi harbiy bazasi hududiga qoʻnishga va oʻsha yerdan turib “qamalda boʻlgandek” ishlashga majbur boʻlmoqda. Mahalliy aholining qarori qatʼiy.
Rashid Doʻstum, Afgʻonistonda “uchinchi odam” hisoblanadi. Undan tashqari uning katta jangovar tajribasi va oʻziga yarasha obroʻsi hamda koʻp sonli tarafdorlari ham bor.Uning prezident Ashraf Gʻani qaroriga boʻy sunmasligi harbiy qoʻzgʻolonga oʻxshaydi va Qobulda ichki qarama-qarshilik ortib borayotganidan darak beradi. Doʻstumning oʻzi oldingi bosh vazir Abdulla Abdulla tarafdori edi.
Transportnыy vertolet v gorax Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2019
Analitika
General Doʻstum Afgʻoniston shimoliga keng koʻlamli yurish boshladi
Soʻnggi kunlarda qoʻshni davlatda terrorchilar hujumlari va tolibon va hukumat qoʻshinlari orasida toʻqnashuvlar soni ortib bormoqda. Yaqinda Qobulda 7 nafar “Islomiy davlat” vakillari ham qoʻlga olingan edi. Ular 50dan ortiq hujumlar uyushtirishda ayblanmoqda. Tez-tez boʻlayotgan jangovar harakatlar Afgʻoniston aholisi ommaviy ravishda mamlakatni tark etmoqda. Bu yerda tinchlik oʻrnatilishi qoʻshni mamlakatlar uchun ham yaxshi yangilik boʻlardi.

Harbiy-siyosiy notinchlik

Faryob provintsiyasi aholisi 21 may kuni mamlakat shimolida yangi federal hukumat tashkil qilish shiori bilan chiqdi. Ushbu hududda separatistik kayfiyatlar kuchaymoqda. Doʻstum vakili “Agar afgʻon hukumati Faryob aholisining qonuniy talabiga javob bermasa, norozilik yanada kuchayadi”, - dedi. Ushbu norzilikka 6ta shimoliy va shimoli-sharqiy provintsiyalar qoʻshilishi mumkin.
Qobul tomonidan tayinlangan amaldorga mahalliy aholi qarshilik qilishi – tizimli muammolar borligidan darak beradi. Prezident Ashraf Gʻani va bosh vazir oʻrinbosari Abdulla Abdulla orasida raqobat kuchaymoqda. Davlat rahbariboshqa siyosatchilar bilan ham kelishuvga erisha olmayapti. Shu sababli ham Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish jarayoni uchun Oliy kengash (25 kishi) tuzishning iloji boʻlmayapti. Ushbu kengashning vakolatlari ham hozircha toʻliq ishlab chiqilmagan. Tolibon ham muzokaralarda ishtirok etishni toʻxtatgan va qaytish evaziga 7 ming nafar asirga olingan jangarilarni ozod qilishni soʻramoqda. Germaniyaning Shpigel nashriga bergan intervyusida Ashraf Gʻani bunga tayyor ekanini maʼlum qilgan. Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Qobul 5000 nafar asirga olingan jangarilarni ozod qilgan edi. Ularning bir qismi jang maydonlariga qaytdi.
Stranы mira. Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.05.2021
Kolumnistlar
Urushga taklifnomami?: Afgʻoniston MO davlatlariga "maxsus kuchlar doʻstligi"ni taklif qildi
Afgʻoniston hukumati 18 may kuni xorijiy qoʻshinlar davlatdan chiqib ketganidan soʻng Tolibonga qarshi kurashni davom ettirishi mumkinligini xabar qilgan edi. Tolibon esa Afgʻonistonda Respublika oʻrniga islom amirligi qurishi mumkinligini maʼlum qilmoqda. Tinchlik oʻrnatish jarayoni ham “bir qadam oldinga ikkki qadam orqaga” tamoyili asosida ketmoqda. Vaziyat mantiqsiz va boshi berk koʻchaga kirib qolgan.
Ushbu “tinchlik oʻrnatish” jarayonida Qobul Pekin bilan munosabatlarni mustahkamlashga urinmoqda. Hatto Afgʻonistonda Xitoy harbiylari paydo boʻlishiga shama qilmoqda. Yaqinda AIR va XXR orasida ushbu borada kelishuvga erishildi. Chin mamlakati tashqi ishlar vaziri Van.I. aytishiga koʻra, “Xitoyn Afgʻonistondagi barcha kuchlarni qoʻllab-quvvatlayd. imumkinolini
Chto kasayetsya rossiyskoy pozitsii, glava MID RF Sergey Lavrov vchera otmetil, chto Moskva gotova k lyubomu razvitiyu situatsii v Afganistane posle vыvoda inostrannogo kontingenta, vklyuchaya "vsplesk boyevoy aktivnosti" v blijayshiye mesyatsы.

Alʼyans “quyonnng rasmini chizmoqda”

AQSH Qurolli kuchlarining Markaziy qoʻmondonligi oʻtgan haftada Afgʻonistondan qoʻshinlarning 20% olib chiqilganini tasdiqladi. Evakuatsiya rejadan ildam ketmoqda va 11 sentyabrdan oldinroq ham tugatilishi mumkin. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg 21 may kuni Parijda Afgʻonistonda amalga oshirilgan “Qatʼiy yordam” operatsiyasining yakunlarini eʼlon qildi. “Harbiy yordam bosqichini yakunlar ekanmiz biz yangi basqichga oʻtdik” degan edi. Ushbu soʻzlarning maʼnosi nimada?
Amerikanskiye soldatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2021
Dunyoda
AQSH va NATO Afgʻonistondan qoʻshinlarni olib chiqishni boshladi
NATO va Pentagon Afgʻonistonda eng faol boʻlgan davrlarda (2010 – 2013) xorijiy askarlar soni 150 mingdan ortiq edi. Shu qadar koʻp sonli harbiylar guruhi ham Tolibonni yoʻq qila olmadi. Munosabatlarning “yangi bosqichi” esa – hozircha faqat qogʻozda. Uning byudjeti ham hozircha maʼlum emas. NATO bundan buyon Afgʻonistonda uta yoʻnalish boʻyicha yordam beradi:
Afgʻon xavfsizlik kuchlariga maslahat va moliyaviy koʻmak berish;
Afgʻon maxsus kuchlariga harbiy taʼlim berish (xorijda);
Qobul aeroporti uchun texnologik va moliyaviy yordam.
Aytish joizki ushbu yordamning barcha turi bilan Gʻarb mutaxassislari tomonidan Afgʻoniston ichida boʻla turib bir necha yildan koʻrsatilmoqda. Masofaviy yordam samarali boʻlishi gumon. Xorijiy qoʻshinlar chiqib ketishi munosabati bilan Afstraliya 28 may kuni Afgʻonistondagi elchixonasini yopadi. Vaqtincha deyilgan, lekin bu holat koʻproq qochib qolishni eslatadi.
Afgʻonistondan qoʻshinlarni toʻliq olib chiqish – ushbu hududda AQSH taʼsiri yoʻqolishini anglatadi. Bu esa ularning tashqi siyosatiga zid. Axir ular ikki asosiy raqib – Rossiya va Xitoyga qarshi kurashmoqda. Chiqib ketib, lekin bir vaqtning oʻzida biror yaqinroq joyda qolishning iloji boʻlmayapti. Oʻzbekiston va Tojikiston AQSH uchun zahira aerodom boʻlishni istamaydi. Turkmanistonning Qobul va Tolibon bilan munnosabatlari bir tekis, shu sababli ular oʻz hududidan AQShga joy berishni istamaydi.
Ministerstvo oboronы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.05.2021
Siyosat
Oʻzbekistonda xorijiy harbiy bazalarni joylashtirish mumkin emas – Mudofaa vazirligi
Qozogʻiston va Qirgʻiziston – KXSHT aʼzosi va ushbu maqom kollektiv xavfsizlik shartnomasiga koʻra, qator cheklovlarga ega. Pozitsiya va obroʻy yoʻqotishlarini kamaytirish maqsadida AQSH faol ravishda hamkor qidirdi va Afgʻonistondan 1200 km uzoqlikda boʻlgan Saudiya Arabistonidan joy topdi. Dunyo kuch marakazlarining “Yevroosiyoning ushbu chorrahasi”ga taʼsir oʻtkazish uchun kurashi yakunlanmagan koʻrinadi.
* – Rossiyada taʼqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala