Video

Hindistonda “Yaas” toʻfoni sabab millionlab kishi evakuatsiya qilindi

Hindistonda Odisha va Gʻarbiy Bengaliya shtatining sohil hududlaridan yopirilib kelayotgan “Yaas” toʻfoni tufayli 3,5 million kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda NDTV telekanali mahalliy rasmiylar maʼlumotiga tayangan holda xabar qildi.
Milliy meteorologiya xizmati prognozlariga koʻra, “Yaas” yaqin vaqt ichida Paradip va Sagar oroli oʻrtasidagi sohilga yaqinlashadi. Aholi kuchli yomgʻir yogʻishi va soniyasiga 51 metr tezlikda harakatlanadigan shamolga duch keladi. Toʻfon Bengal koʻrfazi tomonidan harakatlanmoqda.
Odishada qariyb 3 million kishi, Gʻarbiy Bengaliyada esa 500 ming kishi oʻz uylarini tark etgan. Aholi kuchli tropik boʻron yopirilayotgan hududni tark etishni davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala