Kamilov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ashxobod shahriga amaliy tashrif bilan bordi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari sifatida Ashxobod shahriga amaliy tashrif bilan kelgan mamlakat tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov tomonidan qabul qilindi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, uchrashuvda oliy darajadagi tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan fikr almashilgan.
Qayd etilishicha, ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy hamkorlikka doir dolzarb masalalar ko‘rib chiqilgan. Savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, mashinasozlik, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida mavjud salohiyatdan yanada to‘liq foydalanish zarurligi ta’kidlangan.
Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov v g.Siane prinyal uchastie vo vtoroy ministerskoy vstreche v formate Kitay – Sentralnaya Aziya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
“Xitoy – Markaziy Osiyo”: TIV rahbarlari dolzarb masalalarni muhokama qildi
Bundan tashqari, Kamilov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan ham uchrashdi.
Muzokaralar chog‘ida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-tranzit, suv xo‘jaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlarininig bugungi holati hamda rivojlanish istiqbollari, hudulararo aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
© MID UzbekistanaAbdulaziz Kamilov provel vstrechu s zampredsedatelya Kabineta ministrov Turkmenistana, ministrom inostrannix del Rashidom Meredovim
Abdulaziz Kamilov provel vstrechu s zampredsedatelya Kabineta ministrov Turkmenistana, ministrom inostrannix del Rashidom Meredovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2021
Abdulaziz Kamilov provel vstrechu s zampredsedatelya Kabineta ministrov Turkmenistana, ministrom inostrannix del Rashidom Meredovim
Yangiliklar lentasi
0