Kiyev AQShdan “Shimoliy oqim-2” bo‘yicha sanksiyalarni qaytarishni talab qilmoqda

© Sputnik / Dmitriy Lelchuk / Mediabankka o‘tishStroitelstvo gazoprovoda "Severniy potok-2"
Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 26-may — Sputnik. AQSh “Shimoliy oqim-2” ga qarshi sanksiyalardan voz kechdi. Kiyev darrov milliardlab zararni hisoblab chiqib, Vashingtondan tushuntirish talab qildi. Xavotirga o‘rin bor: Rossiya yoqilg‘isi sobiq qardosh mamlakatidan aylanib o‘tib sotilmoqda, Ukraina orqali tranzit minimumgacha quladi. 2024-yilga kelib esa “Gazprom” – “Naftogaz” shartnomasi yakunlangandan keyin uglevodorodni boshqa joyga o‘tkazish evasiga olinadigan daromaddan umuman quruq qolishi mumkin.

Urinishlar bor

Loyihani to‘xtatishga qaratilgan birin-ketin qo‘l urilgan urinishlardan so‘ng amerikaliklar ularning foydasi yo‘q ekanini tan olishdi. Vashington gaz quvurini qurayotgan “Nord Stream 2 AG”ga qarshi cheklovlarni bekor qildi. Bu uning qurilishi uchun bo‘lgan to‘siqlarni sezilarli yengillashtiradi.
Davlat departamenti konressga hisobot taqdim etib, unga sanksiya ostiga tushadigan kompaniya va kemalarni sanab o‘tdi. Hujjat “Nord Stream 2 AG”ga ta’sir ko‘rsatishni tavsiya qiladi, lekin u yerda bu choralar Entoni Blinkin qarori bilan to‘xtatib qo‘yilgani yoziladi.
Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Germanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2021
Milliardlab yevroni ko‘kka sovurish. Oktabrgacha “Shimoliy oqim-2”ni qurib bitkazishadimi
Davlat kotibi buni “milliy manfaatlar” bilan tushuntirdi, ammo tafsilotlarni ochiqlashdan o‘zini tiydi. Amerika OAVlarining Davlat departamentidagi manbalariga tayangan holda ta’kidlashicha, Vashington loyihani faqat Germaniyadagi iste’molchilarga qarshi sanksiyalar bilan to‘xtatish mumkin degan xulosaga kelgan. Bo‘lmasa buning samarasi umuman yo‘q. Zero gaz quvuri 95 foizga tayyor bo‘lgan.
Germaniyadagi bozor qatnashchilariga bosim o‘tkazish esa Berlin bilan munosabatlarning putur yetkazishi mumkin, shundoq ham u oldingi prezident davrida buzilib bo‘lgan. Donald Tramp yevropaliklardan NATOni saqlashga ko‘proq mablag‘ ajratishlarini talab qildi va bir vaqtning o‘zida savdo bojlari bilan tahdid qildi. YeIning tashqi siyosat xizmati rasmiy vakili Piter Stano Vashington endi vaziyatni o‘nglashga harakat qilayotganini qayd etdi.

Zararni hisoblab chiqishdi

Kiyevda ko‘rilajak zararlarni allaqachon hisoblab chiqishdi. “Operator GTS Ukraini” kompaniyasi rahbari Sergey Makogonning so‘zlariga ko‘ra, “Shimoliy oqim-2” mamlakat iqtisodiyotini yiliga besh-olti milliard dollardan mahrum qiladi.
Rossiya tranzitni to‘xtatsa, Ukraina bir milliard dollarni yo‘qotadi. Gaz narxi oshadi, chunki uni YeIdan tashishga to‘g‘ri keladi. Bu yana ikki-uch millirad dollar yo‘qotish degani.
“Butun eksportimiz qimmatlashadi – masalan, o‘g‘it. Shuningdek, aholi uchun tariflari oshadi, subsiyada uchun ko‘proq kerak bo‘ladi”, - deya tushuntirdi Makogon.
2020 yilda tranzit uchdan birga qisqardi – 55,9 milliard kubometrgacha. Bu o‘ttiz yil ichidagi eng past ko‘rsatgich.
Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Germanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2021
“Oqim” keyinga qolsin. Baydenga Putin bilan uchrashuvda Germaniya kerak
Bu yili tranzidan xalos bo‘lishni davom ettirishdi. Fevralda yanvarga qaraganda to‘rtdan birga. Serbiya va Bolgariyada “Turk oqimi” quvuri qurib bitkazilgandan so‘ng Kiyev, ukrainaliklarning o‘zining hisob-kitobiga ko‘ra, yiliga yana o‘n-o‘n ikki milliard kubometr kam chiqqan. “Gazprom” Serbiya, Bosniya va Gersegovinaga yangi yo‘l orqali yoqilg‘i jo‘natmoqda.

Qaytarishni talab qilishapti

Amerikaliklarning qarori Kiyev hafsalasini pir qildi. Rada palata vakillari va AQSh kongressi senati qurilishning “to‘liq va abadiy” to‘xtatilishi uchun barcha qonuniy vositalardan foydalanishga chaqirdi. Rossiya go‘yoki energetikadan “gibrid urushi vositasi” sifatida foydalanmoqda. Kiyevning ishontirishicha, bu “ham Ukraina, ham Yevropaning energetika xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf soladi”.
Ammo hatto ukrainalik tahlilchilarning o‘zi ham Kiyev faqat o‘zini ayblashi mumkinligini tan olishadi. Energetika strategiyalari instituti hamasoschisi Yuriy Korolchuk ilgari ta’ikdlagandi: yoqilg‘i tranziti bilan ro‘y bergan narsa – bu faqat bozor uchun kurashda siyosiy yo‘lni tanlagan “Naftogaz”ning xizmati.
Va ogohlantirdiki, Rossiyaning barcha quvurlari ishga tushishi bilan Ukraina orqali olib o‘tish arzimas bo‘ladi.

Obro‘ni saqlash

Amerikaliklar Yevropa bilan janjallashishni istmaydi va Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashni jon deb turibdi, deb hisoblaydi Muhandislik ta’limi Yevropa jamiyati rahbari professor Samuel Furfari.
Uning fikriga ko‘ra, “Shimoliy oqim-2” qurilishi va ishga tushishiga qarshilik ko‘rsatish boshidan befoyda va bema’ni edi. Germaniyani loyihadan voz kechtirishga uringan Kongressdagi har ikki palata “qirg‘iylari” juda chuqurlashib ketishdi, buni Jo Bayden ham biladi. Aytish mumkinki, AQSh anglab yetdi: shantajga o‘xshagan ularning har bir yondashuvi Berlinda kutilgan natijani keltirmaydi”.
Krutoy razvorot: Germaniya ugrojayet SShA sanksiyami v otvet na popitku ostanovit Severniy potok - 2 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
Germaniya “Shimoliy oqim-2” qurilishi tarafdori – Merkel
Yaqin yillarda tranzit yo‘qotishi Ukrainaga alohida ko‘ngilsizliklarni olib kelmaydi: “Gazprom” bilan imzolangan 2024-yilgacha shartnoma “qazib ol yoki to‘la” tamoyilini nazarda tutadi. Bu yiliga minimum 40 millard kubometr. “Shimoliy” va “Turk oqimi” ishga tushgandan keyin Rossiya ukrain yo‘nalishidan voz kechishi mumkin. Agarda uni sisosiy nuqtayi nazardan kelib chiqib biror muddatga saqlasa, Kiyevning vositachi sifatida kelajagi borligi dargumon: Yevrora bozori shiddat bilan o‘zgarmoqda.
Yangiliklar lentasi
0