Jamiyat

Koronavirusga chalinganlar 99 mingdan oshdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishLecheniye bolnыx COVID-19 v GKB №40
Lecheniye bolnыx COVID-19 v GKB №40 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2021
Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar 99 mingdan oshdi, oʻtgan sutka davomida vafot etganlar 2 kishini tashkil qildi.
TOSHKENT, 26 may - Sputnik. Oʻzbekistonda 26 may soat 08:00 holatiga koronavirusga chalinganlar 99 mingdan oshdi, deb xabar qilmoqda Sanitariya - epidemiologiya xizmati.
Oʻtgan sutka davomida yangi kasallanganlar soni eng koʻp Toshkent shahrida aniqlangan - 104 kishi.
Shuningdek, Samarqand viloyatida - 46 kishi, Toshkent viloyatida - 38 kishi, Sirdaryo viloyatida - 5 kishi, Fargʻona va Namangan viloyatlarida - 4 kishidan, Jizzax, Navoiy viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida - 3 kishdan.
Xorazmda - 2 kishi. Surxondaryo, Buxoro va Andijon viloyatlarida - 1 kishidan.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 684 nafarni tashkil qildi. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3697 nafar bemor davolanmoqda.
Maʼlumot uchun, ayni damda Oʻzbekistonda jami emlanganlar soni 1683116 kishidan oshgan. Ulardan 2 bosqichda emlanganlar soni - 470 519 kishini tashkil qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala