Jamiyat

Metroda avariya roʻy berganda yoʻlovchiga yetkazilgan zararni qoplab berish taklif qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPassajirы v poyezde
Passajirы v poyezde - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2021
Keyingi vaqtlarda poytaxt aholisi yerosti transportida tez-tez muammolarga duch kelmoqda. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi buni hisobga olib qator takliflar bilan chiqdi.
TOSHKENT, 26 may — Sputnik. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi metroda yoʻlovchilar tashishni tartibga solishga oid qator takliflar bilan chiqdi.
Agentlik yoʻlovchilarning hayoti, sogʻligʻi va xavfsizligini taʼminlash nuqtai nazaridan metropolitenda yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaji tashish qoidalarini ishlab chiqish hamda normativ-huquqiy hujjat shaklida tasdiqlash taklifini bildirmoqda.
Avariya va texnik nosozlik sababli xizmat koʻrsatish toʻxtatilganda yoʻlovchiga yetkazilgan zararlarni qoplab berishning aniq tartibi va mexanizmlarini ishlab chiqish taklif qilinmoqda.
Yoʻlovchi-isteʼmolchilar bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi, metropolitenda yoʻlovchi xavfsizligini taʼminlashning davlat kafolatlarini nazarda tutish rejalashtirilmoqda.
Agentlik xizmat koʻrsatish qoidalarini tushunarli yoʻlovchilarga yetkazishni yoʻlga qoʻyish zarurligini taʼkidlagan.
Metro, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Jamiyat
Toshkent metrosida yoʻlovchilar huquqlari buzilayotgani oʻrganilmoqda
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq, ijrochi ishni shartnomada belgilangan muddatda bajarishi shart. Tashuvchining aybi bilan yoʻlovchi belgilangan manzilga yetkazib qoʻyish taʼminlanmagan taqdirda ijrochi yoʻlovchini boshqa transport vositasi orqali belgilangan manzilga yetkazib qoʻyish yoki toʻlangan pulni qaytarish choralarini koʻrishi shart.
Eslatib oʻtamiz, keyingi vaqtlarda poytaxt aholisi yerosti transportida tez-tez muammolarga duch kelmoqda. Masalan, kuni kecha metro poyezdi "Hamid Olimjon" bekatida toʻxtab qoldi, aprelda poyezd ochiq eshiklar bilan harakatlandi. Bundan tashqari, 28 aprel kuni tunnelda poyezd toʻxtab qoldi va yoʻlovchilar relslar orqali bekatga yetib oldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala