Rossiya

Putin va Bayden uchrashuvida “syurpriz” boʻlishi mumkin

© AFP 2018 / ALEXEY DRUZHININAmerikanskiy lider Djo Bayden i prezident Rossii Vladimir Putin
Amerikanskiy lider Djo Bayden i prezident Rossii Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2021
Iyun oyida boʻlib oʻtadigan Rossiya va AQSH prezidentlari uchrashuvidan soʻng ushbu ikki davlat munosabatlarining yangi bosqichi boshlanishi mumkin.
Kreml va Oq uy Rossiya va AQSH rahbarlari Vladimir Putin hamda Jo Bayden 16 iyun kuni Jenevada uchrashishini tasdiqlashdi. Siyosatchi Aleksey Muxin ikki davlat rahbarlari nimalar haqida gaplashishi haqida fikr bildirdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar kelajagi, xalqaro kun tartibi va strategik barqarorlik hamda COVID-19 bilan kurash masalalari muhokama qilinadidegan edi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Siyosatchi Aleksey Muxin xulosasiga koʻra ushbu uchrashuv oʻziga xos syurpriz ham boʻlishi - Rossiya va AQSH munosabatlarining yangi bosqichi boshlanishi mumkin.
“Biz hozir oʻtkir qarama-qarshilik bosqichida turibmiz va biz raqiblarmiz. Bu aniq va buni biz emas ular eʼlon qilishdi. Shu sababdan ham hozir AQSH va Rossiya prezidentlari global xavfsizlik masalalarini muhokama qilishlari mumkin, chunki bu barchaga taaluqli. Undan tashqari global oʻzgarishlar ham muhokama qilinishi mumkin, nafaqat iqlim oʻzgarishi balkim xalqaro munosabatlar ham”, - deydi Muxin.
“Aslida gap yangi “Yalta anjumani” haqida ketayotgan boʻlishi mumkin. Ushbu muzokaralar juda uzoq davom etishi mumkin. Lekin syurpriz sodir boʻlishi va hammasi juda tez tugashi ham mumkin. Lekin bir narsa aniq-ki, oldin xalqaro munosabatlarda Rossiyani yuqori maqomga ega davlat sifatida tan olishdan bosh tortgan AQSH, endi buning aksini tan olishga majbur boʻlmoqda. Ushbu uchrashuvning amalga oshishi shuni tasdiqlaydi”, - deydi siyosatchi.
Aprel oyning 13 kunida Bayden Putin bilan boʻlib oʻtgan telefon muloqoti chogʻida Vashington Moskva bilan munosabatlarni barqarorlashtirish niyatida ekanini maʼlum qilgan edi. Oʻshanda Oq Uy rahbari uchrashuv iyun oyida boʻlib oʻtishiga umid bildirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala