Registonda Rossiyaning eng nufuzli orkestri konsert berdi

© GUVD SAmarkandskoy oblastiBlagotvoritelniy konsert orkestra Nas. filarmonii RF v Samarkande
Blagotvoritelniy konsert orkestra Nas. filarmonii RF v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2021
Obuna bo‘lish
Registon maydonida yana bir musiqa bayrami - Vladimir Spivakov boshchiligidagi Rossiya Milliy Filarmoniyasi orkestrining konserti bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 26-may - Sputnik. Kecha 25-may kuni, Samarqanddagi hashamatli Registon maydonida Vladimir Spivakov boshchiligidagi Rossiya Milliy Filarmoniyasi orkestrining konserti bo‘lib o‘tdi.
© GUVD SAmarkandskoy oblastiBlagotvoritelniy konsert orkestra Nas. filarmonii RF v Samarkande
Blagotvoritelniy konsert orkestra Nas. filarmonii RF v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2021
Blagotvoritelniy konsert orkestra Nas. filarmonii RF v Samarkande
Ushbu konsertga viloyat rahbariyati, o‘qituvchilar, madaniyat va san’at sohasi vakillarie, musiqa o‘quv yurtlari talabalari hamda maxsus bolalar uylari tarbiyalanuvchilari taklif etildi.
Konert solistlari - Rossiya Bolshoy teatri Yekaterina Morozovaning yorqin sopranosi hamda Behzod Davronovning tenor ovozlari tomoshabinlarda unutilmas taasurot qoldirdi. Registon maydonining betakror akustikasi tufayli ushbu oqshom klassik musiqa yanada jozibador jarangladi.
Konsertni mashhur skripkachi, taniqli dirijer, SSSR va bir necha respublikalar xalq artisti va YuNESKO tomonidan "dunyo artisti" deb tan olingan maestro - Vladimir Spivakov boshqardi.
1/5
2/5
3/5
4/5
5/5
1/5
2/5
3/5
4/5
5/5
Ma’lumot uchun, Rossiya milliy filarmoniyasi orkestrining O‘zbekistonda 23-may kuni Toshkentda va 25-may kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan xayriya konsertlari o‘zbekistonlik taniqli tadbirkor Alisher Usmonovning "San’at, fan va sport" nomli fondi hamda O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish fondi yordamida tashkil qilingan.
Yangiliklar lentasi
0