Surxondaryoda noma’lum hayvonning bolalari topildi

© Press-slujba Goskomekologii UzbekistanaDetenishey neizvestnogo jivotnogo obnarujili v Surxandarinskoy oblasti
Detenishey neizvestnogo jivotnogo obnarujili v Surxandarinskoy oblasti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2021
Obuna bo‘lish
Aholining 10 dan ziyod chorva mollarini bo‘g‘izlab ketgan noma’lum hayvonning bolalari topildi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida aholining chorvasini bo‘g‘izlab ketayotgan noma’lum hayvonning bolalari topildi. Bu haqda Ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 24-25 may kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda IIB xodimlari Muzrabot tumanida qo‘ylarni bo‘g‘izlab ketayotgan noma’lum hayvonni aniqlash maqsadida voqea joyiga chiqib o‘rgangan.
© Press-slujba Goskomekologii UzbekistanaDetenishey neizvestnogo jivotnogo obnarujili v Surxandarinskoy oblasti
Detenishey neizvestnogo jivotnogo obnarujili v Surxandarinskoy oblasti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2021
Detenishey neizvestnogo jivotnogo obnarujili v Surxandarinskoy oblasti
Aholi noma’lum hayvon 10 dan ziyod chorva mollarini bo‘g‘izlab ketganini ma’lum qilgan. Ular hayvonni ta’qib qilib, tunda o‘ldirishganini bildirishgan.
Hudud ko‘zdan kechirilganda dalaning chetida ikki bosh noma’lum hayvonning bolalari topib olingan. Ayni damda ushbu hayvon bolalarini saqlab qolish hamda turini aniqlash maqsadida ular Termiz hayvonot bog‘iga topshirilgan.
Yangiliklar lentasi
0