Dunyoda

“Tolibon”* Afgʻoniston qoʻshnilarini oʻz hududiga xorijiy bazalarni joylashtirmaslikka chaqirdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishAvtomat v rukax chlena nezakonnogo voorujennogo formirovaniya
Avtomat v rukax chlena nezakonnogo voorujennogo formirovaniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2021
"Tolibon”* aks holda “barcha mashaqqat va qiyinchiliklar uchun javobgarlik bunday xatolarni sodir etganlarning zimmasiga yuklatilishini” taʼkidlagan.
TOSHKENT, 26 may — Sputnik. “Tolibon”* radikal harakati Afgʻonistonga qoʻshni davlatlarni oʻz hududiga chet el bazalarini joylashtirmaslikka chaqirdi.
Toliblar OAVda AQShning Markaziy Osiyo mintaqasida harbiy bazalarini joylashtirish haqidagi rejalari haqidagi koʻplab xabarlar tarqalishi ortidan shunday bayonot berdi.
Bayonot matni RIA Novosti ixtiyoriga kelib tushgan.
“Biz oʻz yerimizdan boshqalar xavfsizligiga qarshi foydalanilmasligini bir necha marta maʼlum qildik va boshqalarni ham oʻz yerlari va havo hududlaridan mamlakatimizga qarshi foydalanmaslikka chaqiramiz”, — deyiladi afgʻon radikallari bayonotida.
Amerikanskiye soldatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2021
Analitika
AQSH Afgʻonistondagi bazalarini Markaziy Osiyo mamlakatlariga koʻchirishga umid qilmoqda
Shuningdek, “Tolibon”* aks holda “barcha mashaqqat va qiyinchiliklar uchun javobgarlik bunday xatolarni sodir etganlarning zimmasiga yuklatilishini” taʼkidlagan va qoʻshni davlatlarni chet el kuchlarini joylashtirilishiga yoʻl qoʻymaslikka qatʼiy chorlagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Amerika nashri “Wall Street Journal” AQSH Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarini chiqargach, ularni Markaziy Osiyo mamlakatlarida joylashtirishi mumkinligi, ammo ayni vaqtda kelishuvlar yoʻqligi haqida xabar qilgan edi. Vashington 11 sentyabrgacha Afgʻonistondan qoʻshinlarini toʻliq olib chiqib ketishi haqida maʼlum qilgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala