Toshkentda maktab o‘quvchilariga hokim stipendiyasi joriy etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovXokim goroda Tashkenta Djaxongir Artikxodjayev
Xokim goroda Tashkenta Djaxongir Artikxodjayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2021
Obuna bo‘lish
Toshkentda yangi o‘quv yilidan boshlab maktab o‘quvchilari va ularning o‘qituvchilarga hokim stipendiyasi joriy etiladi.
TOShKENT, 26-may - Sputnik. Yangi o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilar uchun stipendiya joriy etiladi, deb xabar qilmoqda Gazeta.uz Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga asoslanib.
Hokim aytishiga ko‘ra, har bir maktabdan 5 nafar a’lochi o‘quvchiga 500 ming so‘mdan, ularning o‘qituvchilariga 1 million so‘mdan stipendiya beriladi.
"Stipendiya masalasi Xudo xoxlasa hal bo‘ladi. Hokim stipendiyasi masalasi bo‘yicha biz hozir maktab o‘quvchilariga bu yildan reja qildik. Har bir maktabdan 5 ta fan fizika, matematika, biologiya va kimyo hamda bu yil chet tilini qo‘shdik. Beshta o‘quvchiga hokim stipendiyasi bo‘ladi. Sentabrdan boshlab har bitta o‘quvchiga oyiga 500 ming so‘mdan va uni tarbiyalagan o‘qituvchisiga 1 mln so‘mdan beriladi. 9 oy o‘qisa maktabda 5 mln so‘m har bir yaxshi o‘qigan, o‘zlashtirgan o‘quvchiga tegadi va 10 mln so‘m uni tarbiyalagan o‘qituvchisiga bo‘ladi", — dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev.
Keyinchalik ushbu amaliyot OTM talabalari uchun ham joriy etilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0