Dunyoda

Xokkaydo yaqinida Rossiya va Yaponiya kemalari toʻqnashib ketdi, qurbonlar bor

© Sputnik / Aleksey Pavlishak / Fotobankka oʻtishShtorm v Yevpatorii
Shtorm v Yevpatorii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2021
Rossiya yuk tashuvchi kemasi va Yaponiya kichik baliqchi kemasi toʻqnashuvi oqibatida 3 kishi qurbon boʻldi.
TOSHKENT, 26 may — Sputnik. Yaponiyaning Xokkaydo oroli yaqinida Rossiya yuk tashuvchi va Yaponiyaning baliq ovlovchi kemalari toʻqnashib ketdi.
Xabarda aytilishiga koʻra, Rossiyaning "Amur" yuk tashuvchi kemasi Yaponiyaning "Day-xati Xoko-maru" kichik baliqchi kemasi bilan toʻqnashuvi oqibatida Yaponiya kemasi suvga choʻkib ketgan, uning ekipaj aʼzolaridagn 3 kishi qurbon boʻlgan, 5 kishi Rossiya kemasi dengizchilari yordamida qutqarib olingan.
Rossiyaning Sapporo shahridagi konsuli Sergey Marin xabar qilishiga koʻra, toʻqnashuv Mombetsu shahri portidan 23 km masofada, Yaponiya suvlarida sodir boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, toʻqnashuvga qalin tuman sabab boʻlgan.
Ayni damda Rossiya kemasi Mombetsu shahar portiga ketishda davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala