Yangi Milliy paralimpiya qo‘mitasiga rahbar saylandi

© Ministerstvo turizma i sportaMuxtorxon Maksudovich Toshxodjayev
Muxtorxon Maksudovich Toshxodjayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2021
Obuna bo‘lish
Muxtorxon Toshxo‘jayev yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasiga Muxtorxon Toshxo‘jayev rahbarlik qiladi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uning nomzodi ushbu lavozimga 25-may kuni qo‘mitaning Bosh assambleya yig‘ilishida bir ovozdan ma’qullangan.
“Bosh assambleyaga taklif etilgan delegatlar bir ovozdan Muxtorxon Toshxo‘jayev nomzodini O‘zbekiston Milliy paralimpiya ko‘mitasi raisi etib saylashdi”, - deyilgan xabarda.
Toshxo‘jayev shu kunga qadar Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi raisi sifatida faoliyat olib borayotgan edi.
Paralimpiyskie igri 2016. Devatiy den - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2021
Paralimpiya: murabbiylarning maoshi oshiriladi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi negizida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tashkil etilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0