Ikkita xavfli asteroid Yerga yaqinlashmoqda - ulardan biri Eyfel minorasi kattaligida

© AFP 2023 / HANDOUTAsteroid
Asteroid - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2021
Obuna bo‘lish
Ikkita asteroid Yerga yaqinlashmoqda - NASA
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Potensial xavfli ikkita asteroid Yerga yaqinlashmoqda, deb xabar qildi NASA.
27 may va 1-iyun kunlari kosmik obyektlar sayyoradan minimal masofada uchib o‘tadi.
Asteroid v kosmose na fone zemli. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2021
Yerga “Apollon” guruhiga kiruvchi ulkan asteroid yaqinlashmoqda
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, birinchi asteroid 2021 JF1ning diametri 94-210 metrni tashkil etadi - bu Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykali o‘lchamidan kattaroq.
Obyekt soniyasiga taxminan 17 kilometr tezlikda uchmoqda. NASA olimlari uni "Apollon" guruhining yer yuzidagi eng xavfli obyektlaridan biri deb tasniflaydi.
2021 KT1 deb nomlangan ikkinchi asteroid diametri undan kattaroq - 150-330 metr. Uni Parijdagi Eyfel minorasi bilan solishtirish mumkin.
Obyekt Yerga soniyasiga taxminan 18 kilometr tezlikda yaqinlashmoqda.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0