Hodisalar

MIB xodimi qariyb 590 mln soʻmni oʻzlashtirib yuborgan – Bosh prokuratura

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSotrudnik Byuro prinuditelnogo ispolneniya obxodit doljnikov
Sotrudnik Byuro prinuditelnogo ispolneniya obxodit doljnikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2021
Bektemir tumani boʻyicha yetakchi mutaxassis ikki yil ichida depozit hisobvaragʻiga kelib tushgan, jami 586,4 million soʻmni talon-toroj qilgan.
TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Bosh prokuratura 2019 yilda pul mablagʻlarini talon-toroj qilgani uchun jazolangan MIB xodimi bilan bogʻliq jinoyat ishi tafsilotlarini ochiqladi.
Maʼlum qilinishicha, 2019 yil yanvar oyida MIB rahbariyati tashabbusi bilan byuroning Toshkent shahar boshqarmasi tizimida tekshirish oʻtkazilgan.
Tekshirishda aniqlanishicha, MIBning Toshkent shahar boshqarmasi moliya-xoʻjalik boʻlimi Depozit hisob varaqalari bilan ishlash guruhi Bektemir tumani boʻyicha yetakchi mutaxassisi M.U. 2017 yildan 2019 yil fevral oyiga qadar depozit hisobvaragʻiga kelib tushgan, jami 586,4 mln soʻmni talon-taroj qilib, oʻz shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Tuman prokuraturasi 2019 yil 12 fevral kuni Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan juda koʻp miqdorda talon-toroj qilish) bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini oʻtkazgan va ishni ayblov xulosasi bilan sudga yuborgan.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Hodisalar
Bekobodda mansabdorlar “Yoshlar–kelajagimiz” dasturining 301 mln soʻmini talon-taroj qildi
Ish hujjatlariga koʻra, sudlanuvchi M.U. 2017 yilning yanvar oyidan 2019 yil fevraliga qadar jami 47 ta holatda sud ijro varaqalari asosida kelib tushgan pul mablagʻlarini oʻzlashtirgan.
U buni oʻziga biriktirilgan va javobgarligida boʻlgan elektron kalit yordamida ATB “Infin bank” Sergeli filiali va ATIB Ipoteka bank Yashnobod filialining "E-bank" tizimiga ulanib, elektron toʻlov topshiriqnomalariga sud ijro hujjatlari asosida soxta maʼlumotlar kiritish yoʻli bilan amalga oshirgan. Sudlanuvchi 596 mln 782 ming soʻmni turli fuqarolarning nomiga rasmiylashtirilgan bank plastik kartalari hisobiga oʻtkazgan.
Bektemir tumani sudining 2019 yil 5 iyuldagi hukmiga koʻra hukmiga koʻra, M.U. JKning 167-moddasi 3-qismi “a,g” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topgan.
MIB xodimiga 2 yil muddatga muayyan huquqdan mahrum qilingan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Jinoyat oqibatida yetkazilgan 596 782 195 soʻm moddiy zarar toʻliq qoplangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala