Dunyoda

Minskda MDH Hukumat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi boʻlib oʻtadi

Flagi stran SNG - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2021
Uchrashuvda yuqumli kasalliklarga qarshi kurash, mehnat migratsiyasi, geodeziya va kartografiya hamda harbiy ofitserlarni operativ-strategik tayyorlash masalalari koʻrib chiqiladi.
TOSHKENT, 27 iyun – Sputnik. Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Hukumat rahbarlari Kengashining navbatdagi uchrashuvi 28 may kuni Minskda boʻlib oʻtadi.
Tor doirada boʻlib oʻtadigan uchrashuvda MDH doirasida iqtisodiy hamkorlik, yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish, MDH hududini sanitar qoʻriqlash masalalari hamda aholi bandligi masalalari koʻrib chiqiladi.
Shuningdek qalbaki tovar belgilaridan himoyalanish, jugʻrofiy koʻrsatgichlar, hayvonlarda oqsim (yaщur) kasalligining oldini olish, geodeziya, kartografiya, kadastr hamda Yerni masofaviy zondlashga doir shartnoma va kelishuvlar imzolanadi.
Undan tashqari MDH davlatlarida davlat rezervlarini boshqaruvchi organlarning 2030 yilga qadar moʻljallangan hamkorlik rejasi belgilab olinadi.
Shu bilan birga hamda qurolli kuchlar ofitserlarini operativ-strategik tayyorlash masalalari ham kelishib olinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala