Jamiyat

Misr aviakompaniyasi samolyoti Toshkentda qoidaga xilof ravishda qayrilib oldi

CC BY-SA 2.0 / Anna Zvereva / FlyEgypt, SU-TMH, Boeing 737-8GJSamolet aviakompanii "Fly Egypt"
Samolet aviakompanii Fly Egypt - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2021
Toshkent – Qohira yoʻnalishida harakatlanayotgan “Fly Egypt” havo kemasi parvozni amalga oshirish jarayonida notoʻgʻri manyovrni amalga oshirdi.
TOSHKENT, 27 may — Sputnik. 26 may kuni Misrning “Fly Egypt” aviakompaniyasiga qarashli Boeing 737 samolyoti Toshkent shahridan uchib ketishda qoidaga xilof ravishda shahar uzra qayrilib olishni amalga oshirdi. Ushbu holat yuzasidan Oʻzbekiston Transport vazirligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Toshkent – Qohira yoʻnalishida harakatlanayotgan “Fly Egypt” havo kemasi ekipaji Toshkent aeroportidan parvozni amalga oshirish jarayonida notoʻgʻri manyovrni amalga oshirgan.
Hozirda aviahodisa tekshiruvini oʻtkazish yuzasidan komissiya tuzilgan. Komissiya tekshiruv ishlarini olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala