Misr aviakompaniyasi samolyoti Toshkentda qoidaga xilof ravishda qayrilib oldi

CC BY-SA 2.0 / Anna Zvereva / FlyEgypt, SU-TMH, Boeing 737-8GJSamolet aviakompanii "Fly Egypt"
Samolet aviakompanii Fly Egypt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2021
Obuna bo‘lish
Toshkent – Qohira yo‘nalishida harakatlanayotgan “Fly Egypt” havo kemasi parvozni amalga oshirish jarayonida noto‘g‘ri manyovrni amalga oshirdi.
TOShKENT, 27-may — Sputnik. 26-may kuni Misrning “Fly Egypt” aviakompaniyasiga qarashli Boeing 737 samolyoti Toshkent shahridan uchib ketishda qoidaga xilof ravishda shahar uzra qayrilib olishni amalga oshirdi. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Transport vazirligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Toshkent – Qohira yo‘nalishida harakatlanayotgan “Fly Egypt” havo kemasi ekipaji Toshkent aeroportidan parvozni amalga oshirish jarayonida noto‘g‘ri manyovrni amalga oshirgan.
Hozirda aviahodisa tekshiruvini o‘tkazish yuzasidan komissiya tuzilgan. Komissiya tekshiruv ishlarini olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0