Rossiya

Moskvada eng koʻp turmush qurayotgan xorijliklar kim?

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishBuket v rukax nevestы na svadbe
Buket v rukax nevestы na svadbe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2021
Rossiya poytaxti statistik maʼlumotlariga koʻra, Moskvada eng koʻp turmush qurayotganlar – Tojikiston, Ozarbayjon va Ukraina fuqarolari.
TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Moskvada yil boshidan buyon xorijiy fuqarolar bilan 2,7 mingga yaqin nikoh tuzilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti poytaxt ZAGS boshqarmasiga asosan.
“2021 yil boshidan buyon xorijiy fuqarolar bilan tuzilgan nikohlar soni 2020 yilga qaraganda 13%ga 2019 yilga qaraganda 15%ga kamaydi. Bu dunyodagi epidemiologik vaziyat bilan bogʻliq. Koʻp davlatlar oʻz chegaralarini yopgan. Yil boshidan Moskvada tuzilgan nikohlarning 1500tasida xorijiy kuyovlar va 1200 tasida xorijiy kelinlar ishtirok etgan”, deyilgan xabarda.
Eng koʻp nikohlar MDH fuqarolari bilan tuzilgan. Kuyovlar orasida Tojikiston fuqarolari– 355ta, Ozarbayjon fuqarolari– 208ta, Ukraina fuqarolari– 142ta, Qirgʻiziston fuqarolari– 141ta, Belorussiya fuqarolari– 107ta.
Kelinlar orasida esa, Ukraina – 280ta, Qirgʻiziston – 211ta, Belorussiya – 102ta, Moldaviya – 84ta, Oʻzbekiston – 77ta, Ozarbayjon – 62ta.
Uzoq xorijiy davlatlar orasida kuyovlar koʻproq Kuba, Serbiya, Daniya va Hindiston fuqarolari uchraydi. Kelinlar esa koʻproq - Vyetnam, Nigeriya va Latviyadan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala